Korporativ kartalar bo‘yicha aksiya

Visa Business va Visa Platinum Business korporativ kartalari egalari uchun aksiya
O‘tkazilish muddati: 15.12.2025 sanasigacha
Visa Business va Visa Platinum Business korporativ kartalari egalari uchun aksiya

 

 

Biznes egalari — Visa Business va Visa Platinum Business korporativ kartalari foydalanuvchilari uchun yangi tanlov boshlandi. 

 

Korporativ kartalar orqali to‘lovlarni amalga oshirgan mijozlar 3 ta MacBook va 10 ta rag‘batlantiruvchi sovrin yutish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

 

Tanlov shartlari

 

Tanlov doirasida korporativ kartalarni rasmiylashtirgan va ularni tovarlar hamda xizmatlar uchun to‘lovlarda faol ishlatgan barcha mijozlar avtomatik tarzda ishtirokchi bo‘ladi.

- Aksiya muddati — 15.12.2025 sanasigacha.

- G‘oliblar ro‘yxati 31.12.2025 sanasigacha e’lon qilinadi.

 

Ishtirok etish uchun:
1. Visa Business yoki Visa Platinum Business korporativ kartasini "Ipak Yuli" AITB orqali rasmiylashtiring.
2. Aksiya davomida karta orqali umumiy summasi kamida 100 000 so‘m bo‘lgan to‘lovlarni amalga oshiring.

 

Muhim! 1 ishtirokchining bir nechta kartasi bo‘lishi mumkin. Aksiyada shartlarni bajargan har bir karta qatnashadi. Agar ishtirokchining 25 ta korporativ kartasi bo‘lsa, ularning barchasi aksiyada qatnashishi mumkin. 

 

Tanlov yakunida g‘oliblar aniqlanadi va ularga zamonaviy MacBook noutbuklari hamda boshqa sovrinlar topshiriladi.

 

 

Karta haqida batafsil

 

Ipak Yuli korporativ kartalari — bu biznesingiz uchun so‘mdagi Visa kartalari bo‘lib, ular yordamida quyidagilarni to‘lash mumkin:

 

- biznes xaridlari

- xizmat safarlari

- onlayn servislar

- reklama xarajatlar

- O‘zbekistonda va chet elda obunalar

 

Karta 200 dan ortiq mamlakatda ishlaydi, onlayn to‘lovlar va valyuta konvertatsiyasini avtomatik qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Bundan tashqari, Visa’ning biznes mijozlari uchun maxsus chegirmalar va bonus dasturlari mavjud.

 

Barcha operatsiyalar Ipak Yuli Business mobil ilovasida ko‘rinadi — bu esa rahbarlar va buxgalterlarga xarajatlarni real vaqt rejimida nazorat qilish imkonini beradi.

 

 

Karta qanday olinadi

 

Korporativ kartani rasmiylashtirish uchun arizani Ipak Yuli Business mobil ilovasi orqali onlayn yuborish yoki bankning istalgan filialiga murojaat qilish mumkin.

 

Kartalar ikki formatda taqdim etiladi — Visa Business va premium darajadagi Visa Platinum Business.

Aksiyada ishtirok etish uchun quyidagilar talab qilinadi

1
Ipak Yuli Bankning korporativ kartalari egasi bo‘lish
2
100 000 so‘mdan yuqori xaridni amalga oshirish
3
Har bir karta — yangi imkoniyat

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner