Visa Business aksiyasi

Ipak Yuli Bank Visa ko‘magida biznes mijozlari uchun 9 ta Apple noutbuki o‘ynaladigan aksiyani o‘tkazmoqda. Visa Business yoki Visa Platinum Business korporativ kartasini rasmiylashtiring, tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiring va sovrinlar o‘yinida ishtirok eting.
Aksiya 2026-yil 1-avgustdan 30-noyabrgacha davom etadi va Ipak Yuli Bank mijozi bo‘lgan yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun amal qiladi.
Nimalarni yutib olish mumkin?
Jami 9 ta Apple noutbuki o‘ynaladi:
- 3 ta Apple MacBook Air 15.3-inch M3
- 6 ta Apple MacBook Neo
G‘oliblar uch bosqichda aniqlanadi. Har bir bosqichda 1 ta MacBook Air va 2 ta MacBook Neo o‘ynaladi.
Qanday ishtirok etish mumkin?
Juda oson:
- Ipak Yuli Bank’da Visa Business yoki Visa Platinum Business korporativ kartasini rasmiylashtiring.
- Korporativ karta orqali do‘konlarda yoki onlayn tarzda tovar va xizmatlar uchun to‘lovlarni amalga oshiring.
- Aksiya davomida bir yoki bir nechta naqd pulsiz operatsiyani jami kamida 100 000 so‘mga amalga oshiring.
100 000 so‘mni bir martada sarflash shart emas. Masalan, 100 000 so‘mlik bitta to‘lov yoki kichikroq summalardagi bir nechta to‘lovni amalga oshirishingiz mumkin — muhimi, ularning umumiy summasi kamida 100 000 so‘m bo‘lishi kerak.
Alohida ro‘yxatdan o‘tish shart emas. Shartlarni bajarganingizdan so‘ng avtomatik tarzda sovrinlar o‘yini ishtirokchisiga aylanasiz.
Qaysi operatsiyalar hisobga olinadi?
Aksiyada korporativ karta orqali tovar va xizmatlar uchun amalga oshirilgan naqd pulsiz to‘lovlar, jumladan, savdo nuqtalari va onlayn platformalardagi xaridlar hisobga olinadi.
Quyidagilar hisobga olinmaydi:
- kartani to‘ldirish va naqd pul yechish;
- konversiya operatsiyalari;
- bank ichidagi kartadan kartaga pul o‘tkazmalari.
Agar sizda bir nechta faol Visa Business yoki Visa Platinum Business korporativ kartasi bo‘lsa va ularning har biri aksiya shartlarini bajarsa, har bir karta sovrinlar o‘yinida alohida ishtirok sifatida hisobga olinadi.
Bunda bir ishtirokchi bittadan ortiq sovrin yutib olishi mumkin emas.
G‘oliblar qachon aniqlanadi?
Sovrinlar o‘yini uch bosqichda o‘tkaziladi:
2026-yil 1–15-oktabr
1 ta MacBook Air 15.3-inch M3 va 2 ta MacBook Neo
2026-yil 1–15-noyabr
1 ta MacBook Air 15.3-inch M3 va 2 ta MacBook Neo
2026-yil 1–15-dekabr
1 ta MacBook Air 15.3-inch M3 va 2 ta MacBook Neo
G‘oliblar Ipak Yuli Bank’ning Instagram sahifasidagi jonli efirda randomayzer yordamida tasodifiy tarzda aniqlanadi.
Har bir bosqich natijalari bosqich yakunlanganidan keyin 10 ish kunidan kechiktirmay Ipak Yuli Bank saytida ham e’lon qilinadi. Bank xodimlari g‘oliblar bilan karta rasmiylashtirilganda ko‘rsatilgan aloqa ma’lumotlari orqali bog‘lanadi.
Visa Business yoki Visa Platinum Business kartasi bilan odatiy biznes xarajatlaringizni to‘lang va MacBook yutib olish imkoniyatiga ega bo‘ling.