Estalik tangalari va oltin slitkalari – Ipak Yo‘li Bankda foydali investitsiya

Oltin yombilar va esdalik tangalar

Esdalik tangalar va qimmatbaho metallarni xarid qilish – pul mablag‘larini saqlashning foydali va ishonchli usullaridan biri. 

«Ipak Yo‘li» aksionerlik  innovasion tijorat banki jamlagan mablag‘laringizni manfaatli tasarruf etayotganingizda ishonchingiz komil bo‘lishi uchun esdalik tanga va oltin yombilarni xarid qilishni taklif qilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan chiqarilgan Au 999,9 probali oltin va Ag 999,9 probali kumush tangalarning og‘irligi 31,1 grammni tashkil etadi.

Esdalik tangalar ularning texnik tavsiflarini tasdiqlovchi asliyat sertifikati bilan muomalaga kiritilmoqda. Tangalar “PROOF” sifati asosida tayyorlangan.

Esdalik tangalar narxi Markaziy bank tomonidan milliy valyutada haftada bir marotabadan kam bo‘lmagan tartibda belgilanadi. 

Shuningdek, 5, 10, 20 va 50 gramm vaznga ega maxsus himoya o‘ramidagi 999,9 probali toza oltin yombilari ham sotuvga chiqarilmoqda. Oltin yombilar o‘rami sertifikat vazifasini o‘taydi va o‘z seriya raqamiga ega. 

Oltin yombilarni sotish va qayta sotib olish narxlari jahondagi oltin narxi va Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan marja va diskont asosida shakllantiriladi va kundalik tartibda milliy valyutada Markaziy bank saytida e'lon qilinadi.

Shikastlangan yoki texnik talablarga javob bermaydigan o‘ramga ega oltin yombilarni qayta sotib olish ularni texnik ekspertizadan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi, to‘lov esa tekshiruvdan so‘ng qilinadi. 

O‘rami butun holatda bo‘lgan oltin yombilarni O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqishga ruxsat etiladi. 

Tangalarni «Ipak Yo‘li» bankining quyidagi filiallaridan xarid qilish mumkin:

1. Amaliyot boshqarmasi

100017, Toshkent sh., A.Qodiriy ko’chasi, 2 uy

78-140-69-0078-140-78-00

2. Mirobod filiali

100015, Toshkent sh., Mirobod ko'chasi, 25 uy

78-140-99-0978-140-99-10

3. Navoiy filiali

220100, Navoiy sh., Me'morlar ko'chasi, 18 uy   

79-226-00-0479-229-45-11

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon orqali murojaat qiling: 78-140-69-00

4. Namangan filiali 

160100, Namangan sh., A.Navoiy ko'chasi, 5/1 uy

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon orqali murojaat qiling: 69-228-85-55

5. Umar mintaqaviy filiali 

140120, Samarqand sh., Dagbit ko'chasi, 14 uy

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon orqali murojaat qiling: 78-210-06-50

6. Buxoro filiali 

200104, Buxoro sh., Bahouddin Naqshband ko'chasi, 252 uy

Qo‘shimcha ma'lumot uchun quyidagi telefon orqali murojaat qiling: 78-770-18-00

 

Batafsil ma'lumot O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki saytida.