Ipak Yo‘li Bankida onlayn navbat band qilish — qanday ishlaydi

«Ipak Yo‘li» Bankida onlayn navbat

Onlayn bron qilish o‘zi nima? 

 

Mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida biz elektron navbat tizimi bilan jihozlangan bank filiallariga tashrif buyurish uchun kerakli vaqtga oldindan navbat olishga mo‘ljallangan onlayn bron qilish tizimini joriy qildik. Bu mijozlarimizga navbatda kutib o‘tib o‘tirmay, vaqtini tejab qolish imkonini beradi. 

 

Navbatni bron qilish uchun Siz oddiy ro‘yxatdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi. Ro‘yxatdan o‘tish paytida siz kerakli bank filialni va tashrif buyurishda foydalanmoqchi bo‘lgan xizmatni tanlashingiz mumkin. Bron qilish tasdiqlanganidan so‘ng mobil telefon raqamiga bronlash ma’lumotlari, jumladan, maxsus kod yozilgan xabar keladi. Ushbu kod elektron navbat terminaliga to‘g‘ridan-to‘g‘ri filialning o‘zida, biroq Siz belgilagan vaqtdan 15 daqiqadan kechiktirmagan holda kiritilishi kerak. Kodni bankdagi terminalga kiritganingizda, sizga belgilangan vaqtda xizmat ko‘rsatishga imkon beradigan raqamni olasiz. 

 

Bundan tashqari, siz Elektron chipta olishingiz mumkin 

 

Elektron chipta – bu xizmat ko‘rsatish chiptasini qog‘oz shaklidagisi o‘rniga elektron formatda olish imkoniyati.

 

Bank filialiga yetib kelishdan bir necha daqiqa oldin yoki hali yo‘lda vaqtingizdayoq xizmat turini tanlash va chipta berish terminaliga bormasdan turib, mobil qurilma orqali elektron chipta olishingiz mumkin. Bularning barchasini saytning o‘zida, hech qanday qo‘shimcha ilovalarni yuklab olmasdan turib amalga oshirishingiz mumkin. 

 

Xizmat turini tanlang, telefon raqamingizni kiriting, tizim sizga chipta yuboradi. Uni bank operatoriga ko‘rsatish kifoya. 

 

Onlayn navbatga buyurtma berish.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner