Eskrou hisobi

Eskrou hisobi
Xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi hisob-kitoblar uchun maxsus hisob. Mablag‘lar bankda saqlanadi va faqat bitim tasdiqlangandan so‘ng sotuvchiga o‘tkaziladi.

Eksrou hisob haqida

Eskrou hisobi qanday ishlaydi?

1
Eskrou hisobini oching
Xaridor va sotuvchi bankka murojaat qiladi. Xaridor eskrou hisobini ochadi va unga mablag‘ joylashtiradi
2
Bitimni rasmiylashtiring
Notarius ko‘chmas mulk yoki avtomobil oldi-sotdi bitimini tasdiqlaydi
3
Mablag‘larni oling
Bitim tasdiqlangandan so‘ng bank mablag‘larni sotuvchiga o‘tkazadi

Bilish muhim

Eskrou hisobi haqida

 

Eskrou hisobi — xaridorning mablag‘lari bitim yakunlangunga qadar saqlanadigan maxsus hisob. Bitim tasdiqlangandan so‘ng bank mablag‘larni avtomatik ravishda sotuvchiga o‘tkazadi.

 

Ushbu mexanizm bitim ishtirokchilari o‘rtasidagi hisob-kitoblarni tashkil etishga va oldindan kelishilgan shartlarning bajarilishini ta’minlashga yordam beradi. Eskrou hisobi ko‘chmas mulk va avtotransport vositalarini xarid qilishda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan foydalanilishi mumkin.

Nima uchun eskrou hisobi majburiy bo‘ldi


2026-yil 1-apreldan boshlab O‘zbekistonda ko‘chmas mulk va avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha hisob-kitoblar faqat eskrou hisobi orqali naqdsiz shaklda amalga oshiriladi. Ushbu talab Prezident farmoni bilan belgilangan bo‘lib, quyidagilarga tatbiq etiladi:

 

  • turar joy va noturar joy ko‘chmas mulki
  • ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtomobillar (M, N, O, G toifalari)
  • maxsus avtotransport vositalari

     

Agar siz kvartira yoki avtomobil xarid qilayotgan bo‘lsangiz, eskrou hisobini ochish endi majburiy hisoblanadi. Uni Ipak Yuli Bank’da bepul ochish mumkin, buning uchun pasport yoki ID-kartaning o‘zi kifoya.

Oldindan bilish muhim

 

Shartnomada haqiqiy summani ko‘rsating. Agar shartnomada amaldagi qiymatdan pastroq summa ko‘rsatilsa, bitim bekor qilinganda faqat hujjatlarda qayd etilgan summa qaytariladi. Bank eskrou hisobida mavjud bo‘lgan summani o‘tkazadi — undan ortig‘ini emas.

 

Naqd pul ham qabul qilinadi. Eskrou hisobiga mablag‘larni naqd yoki naqdsiz shaklda kiritishingiz mumkin — o‘zingizga qulay usulda.

 

Mablag‘lar xavfsiz saqlanadi. Notarius bitimni tasdiqlamaguncha mablag‘lar sotuvchiga o‘tkazilmaydi. Agar biror sababga ko‘ra bitim amalga oshmasa, mablag‘lar sizga to‘liq qaytariladi.

Savollar va javoblar

Eskrou hisobi — xaridorning mablag‘lari bitim yakunlangunga qadar saqlanadigan maxsus hisob. Bitim tasdiqlangandan so‘ng bank mablag‘larni sotuvchiga o‘tkazadi.

Ha. 2026-yil 1-apreldan boshlab ko‘chmas mulk va ishlab chiqarilganiga 10 yildan oshmagan avtomobillarni xarid qilish bo‘yicha hisob-kitoblar faqat eskrou hisobi orqali amalga oshiriladi. Ushbu talab O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni bilan belgilangan.

Ko‘chmas mulk va avtomobil xaridida hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun.

Pasport yoki ID-karta. Ariza bank filialida to‘ldiriladi.

Eskrou hisobini xaridor ochadi.

Bitim notarius tomonidan tasdiqlangandan so‘ng bank mablag‘larni avtomatik ravishda sotuvchiga o‘tkazadi.

Mablag‘lar bitim shartlariga muvofiq xaridorga qaytariladi.

Yo‘q, eskrou hisobini ochish va yopish komissiyasiz amalga oshiriladi.

Ha, naqd pul yechib olishda bankning amaldagi tariflari qo‘llaniladi

Bank kartada