Visa Direct pul o‘tkazmalari

Visa Direct

Visa Direct

Ishonchli pul o‘tkazmalari butun dunyo bo‘ylab

Visa Direct haqida batafsil

Visa Direct  karta sohiblariga butun dunyo bo‘ylab xavfsiz va qulay pul mablag‘lari o‘tkazmalarini real vaqt rejimida amalga oshirish imkonini beradi. 

 

Ipak Yuli Mobile ilovasida Visa Direct xizmatidan foydalanish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ipak Yuli Mobile'ning identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchisi o‘z Visa kartasidan pul mablag‘larini Ipak Yuli Bank tomonidan muomalaga kiritilgan boshqa bank (O‘zbekiston Respublikasi hududida va uning tashqarisida) Visa kartasi sohibiga yuborishi mumkin. Mazkur servis pul o‘tkazmalari tizimlari orqali pul mablag‘larini yuborish uchun bankka tashrif o‘rnini bemalol bosa oladi. 

 

Visa kartalari sohiblari O‘zbekiston bo‘ylab va xorij davlatlariga 24/7 rejimida mablag‘larni oson va xavfsiz o‘tkazishi mumkin. Yuboruvchidan faqatgina Visa kartasi raqami hamda qabul qiluvchining Ismi va Familiyasini yoki ularning telefon raqamini ko‘rsatish talab etiladi.  

 

Pul mablag‘lari qanday yuboriladi? Buning uchun:

 

1. Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lish 

2. Ilovada To‘lovlar -> Visa Direct bo‘lmasiga o‘tish

3. So‘ng mablag‘larni yechib olish uchun kartani tanlash, qabul qiluvchi kartasining to‘liq raqami, qabul qiluvchining Familiyasi va Ismini kiritish hamda o‘tkazma miqdorini ko‘rsatish zarur. 

4. O‘tkazmani tasdiqlashdan oldin o‘tkazma tafsilotlari qayd etilgan ekran paydo bo‘ladi, sizdan ko‘rsatilgan ma’lumotlar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishingizni so‘raymiz. 

5. O‘tkazmani tasdiqlang.

6. Qabul qiluvchi mablag‘lar kelib tushganini tekshira oladi*.

*boshqa banklar kartalariga o‘tkazmaning kelib tushish tezligi qabul qiluvchi bank ichki amaliyotlari bilan cheklanishi mumkin. 

 

Pul mablag‘larini quyidagi mamlakatlarga yuborish mumkin: 

 

MDH: Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Ukraina, Turkmaniston, O‘zbekiston.

Yevropa: Avstriya, Andorra, Belgiya, Bolgariya, Vatikan, Buyuk Britaniya, Vengriya, Germaniya, Gibraltar, Gretsiya, Daniya, Ispaniya, Islandiya, Italiya, Kipr, Latviya, Litva, Lixtenshteyn, Lyuksemburg, Malta, Monako, Gollandiya, Norvegiya, Polsha, Portugaliya, Ruminiya, San-Marino, Serbiya, Slovakiya, Sloveniya, Turkiya, Finlyandiya, Xorvatiya, Chexiya, Shveytsariya, Shvetsiya, Estoniya.

Osiyo: Avstraliya, Bahrayn, Vetnam, Gonkong, Isroil, Indoneziya, Hindiston, Qatar, Xitoy, Koreya Respublikasi, Quvayt, Malayziya, Mo‘g‘uliston, Yangi Zelandiya, Nepal, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Saudiya Arabistoni, Ummon Sultonligi, Tailand, Tayvan, Filippin, Yaponiya.

Afrika va Amerika: Jazoir, Argentina, Boliviya, Braziliya, Gaiti, Grenada, Misr, Zambiya, Kamerun, Keniya, Kolumbiya, Kongo, Liberiya, Mavritaniya, Mali, Meksika, Nigeriya, Paragvay, Peru, Togo, Tunis, Urugvay, Markaziy Afrika Respublikasi, Chili, Ekvador, Janubiy Afrika.

Va boshqa mamlakatlar.

Qanday qilib onlayn pul o‘tkazish mumkin

1
Pulni o‘tkazing
O‘tkazish uchun ma’lumotlaringiz va qabul qiluvchi ma’lumotlarini kiriting
2
Kerakli o‘tkazmani tanlang
Ilovada Visa Direct, UnionPay Money Express, Mastercard Moneysend, Western Union, Zolotaya Korona mavjud
3
Ipak Yuli Mobile'ni yuklab oling
Ba’zi xalqaro o‘tkazmalarni onlayn amalga oshirish mumkin

Savollar va javoblar

Visa Direct — bu tezkor pul o‘tkazmalari xizmati bo‘lib, Ipak Yuli Bank’ning Visa kartasidan O‘zbekiston va xorijdagi boshqa banklarning Visa kartalariga mablag‘larni real vaqt rejimida yuborish imkonini beradi.

Xizmat Ipak Yuli Mobile mobil ilovasining identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari uchun mavjud.

Pul o‘tkazmalari quyidagicha amalga oshiriladi: 

 

O‘zbekiston ichida 

xorijga 

dunyoning 170 dan ortiq mamlakatlariga

Aksariyat hollarda mablag‘lar darhol (24/7) o‘tkaziladi. Boshqa bank kartalariga o‘tkazishda tezlik qabul qiluvchi bankning ichki jarayonlariga bog‘liq bo‘lishi mumkin.

qabul qiluvchining F.I.Sh. telefon raqami va qabul qiluvchining Visa karta raqami

O‘tkazma summasining 1%. Minimal komissiya — 2 USD.

Minimal o‘tkazma summasi — 1 USD 

Bir martalik maksimal summa — 5 000 USD 

Kunlik limit — 7 500 USD gacha 

Oylik limit — belgilanmagan

O‘tkazma tasdiqlanib yuborilgandan so‘ng uni bekor qilish mumkin emas, chunki mablag‘lar real vaqt rejimida o‘tkaziladi.

Bank kartada

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner