SWIFT pul o‘tkazmalari
SWIFT xalqaro bank o'tkazmalari
SWIFT haqida batafsil
SWIFT bank o‘tkazmalari – katta miqdordagi mablag‘ni chet elga o‘tkazishning eng qulay usuli.
SWIFT xalqaro o‘tkazmalari – jismoniy shaxs hisobidan boshqa bir jismoniy yoki yuridik shaxsning hisobraqamiga pul o‘tkazishning qulay usuli. Tezkorlik, xavfsizlik va ma’lum cheklovlar mavjud bo‘lgan xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan farqli ravishda katta miqdordagi mablag‘ni o‘tkazish imkoniyati uning afzalliklari hisoblanadi. SWIFT o‘tkazmasi yordamida davolanish, o‘qish, dam olish, yaqinlarga yordam berish hamda chet eldan xarid qilish kabi maqsadli to‘lovlarni bajarish qulay.
Yuqori darajadagi xavfsizlik bilan bir qatorda, SWIFT bank o‘tkazmalarida xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlari orqali pul jo‘natadiganlarda bo‘lmagan bir qator afzalliklar mavjud. Birinchidan, mijoz o‘tkazma valyutasini erkin tanlash imkoniyatiga ega. Masalan, siz qo‘lingizda AQSh dollari bo‘lgani holda, bankka pulni farzandingiz tahsil olayotgan Rossiyadagi oliygoh hisobiga rublda o‘tkazishga ko‘rsatma berishingiz mumkin. Ikkinchidan, jismoniy shaxs o‘tkazmani qabul qilib olish uchun vaqt sarflashiga hojat yo‘q (o‘tkazmani naqdlashtirish zarurati bo‘lmasa, albatta). Ushbu o‘tkazmaning afzalliklaridan yana biri shundaki, pullarni dunyoning deyarli istalgan bankidagi mijoz hisobiga o‘tkazish mumkin.
SWIFT bank o‘tkazmalari uchun komissiya to‘lovi, o‘tkazma miqdoridan qat’i nazar, 750 000 so’m tashkil qiladi. Pulni chet elga jo‘natish uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Chet elliklar hisobraqamiga yoki chet elliklarning hisobraqamidan sizning valyuta kartangizga yoki hisobingizga pul o‘tkazish uchun amal qilish muddati uch ish kunigacha. Jismoniy shaxslar yuridik shaxslardan mablag‘ni qabul qilib olishi uchun bunga asos bo‘la oladigan hujjatlar talab qilinadi.
Hudud: Dunyoning 215 davlatlarining 10 800 dan ziyod banklaridan olish mumkin
Olish joyi: pul oluvchining hisob raqami ochilgan bankda
Izoh:
* - Komissiya xalqaro amaliyotga muvofiq to'lov miqdoridan ushlab qolinadi
** y.e. - USD, EUR, GBP. To'lov valyutasi USD, EUR, GBP bo'lmaganda valyuta hisob birligi USD bo'lib, to'lov valyutasini kross-kursi bo'yicha hisoblanadi.
Qanday qilib pul o‘tkazish mumkin
Bank kartada
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
