Moneysend Mastercard pul o‘tkazmalari

Mastercard Moneysend

Mastercard Moneysend

Ishonchli pul o‘tkazmalari butun dunyo bo‘ylab

Moneysend haqida batafsil

«Ipak Yuli Mobile» mobil ilovasida Moneysend xizmati ishga tushdi. Ipak Yuli Mobile ning identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari o‘z xalqaro kartalaridan mablag‘larni boshqa bank karta sohiblariga o‘tkazishi mumkin.

 

Moneysend xizmati Ipak Yuli Bank tomonidan emissiya qilingan har qanday xalqaro Ipak Yuli Bank kartasidan (UnionPay, Visa, Mastercard)  50 mamlakatdagi Mastercard karta egalariga, shuningdek, boshqa o‘zbek banklarining Mastercard kartalariga pul yuborish imkonini beradi.

 

Har ikkala xizmat pul o‘tkazmalarining o‘rnini bosa oladi, istalgan vaqtda foydalanish mumkin, asosiysi, bankka borishni talab qilmaydi.

 

Moneysend xizmati orqali pul mablag‘larini qanday yuborish mumkin?  

 

1. Identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchi bo‘lish;

2. Ilovada Xizmatlar -> Moneysend bo‘limiga o‘tish

3. So‘ng mablag‘ yechish uchun UnionPay/Visa/Mastercard kartasini tanlash, qabul qiluvchi Mastercard kartasining to‘liq raqamini, Familiya va Ismini yozish hamda o‘tkaziladigan mablag‘ miqdorini kiritish.

4. O‘tkazmani tasdiqlashdan oldin, o‘tkazma tafsilotlari ko‘rsatilgan ekran paydo bo‘ladi, ma’lumotlar to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishingizni so‘raymiz.  

5. O‘tkazmanni tasdiqlang;

6. Qabul qiluvchi mablag‘ kelib tushganini tekshirishi mumkin*.

*  kartaga o‘tkazish tezligi boshqa banklar ichki jarayonlari bilan cheklangan bo‘lishi mumkin.

 

Pul o‘tkazmalarini quyidagi mamlakatlarga jo‘natish mumkin:

MDH: Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, O‘zbekiston.

Yevropa: Avstriya, Belgiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Gollandiya, Litva, Andorra, Latviya, Italiya, Estoniya, Ispaniya, Shvetsiya, Lyuksemburg, Norvegiya, Portugaliya, Islandiya, San-Marino, Finlyandiya, Vatikan, Daniya, Chexiya, Sloveniya, Vengriya, Malta, Slovakiya, Ruminiya, Gretsiya, Turkiya, Kipr, Bolgariya, Gibraltar, Xorvatiya.

Osiyo: Bangladesh, Vetnam, Gonkong, Isroil, Indoneziya, Iordaniya, Kambodja, Xitoy, Laos, Makao, Malayziya, Mongoliya, Myanma, Nepal, BAE, Pokiston, Tailand, Filippin, Shri-Lanka, Yaponiya.

Okeaniya: Аvstraliya, Dominikana, Yangi Zelandiya.

Аmerika: Kanada, Panama, Puerto-Riko, Ruanda, Surinam.

Аfrika: Gana, Keniya, Kongo, Mavrikiy, Madagaskar, Svazilend, Ekvador.

Qanday qilib onlayn pul o‘tkazish mumkin

1
Pulni o‘tkazing
O‘tkazish uchun ma’lumotlaringiz va qabul qiluvchi ma’lumotlarini kiriting
2
Kerakli o‘tkazmani tanlang
Ilovada Visa Direct, UnionPay Money Express, Mastercard Moneysend, Western Union, Zolotaya Korona mavjud
3
Ipak Yuli Mobile'ni yuklab oling
Ba’zi xalqaro o‘tkazmalarni onlayn amalga oshirish mumkin

Savollar va javoblar

MoneySend — bu xalqaro pul o‘tkazmalari xizmati bo‘lib, Ipak Yuli Bank kartalaridan boshqa banklarning Mastercard kartalariga mablag‘larni real vaqt rejimida yuborish imkonini beradi.

Pul o‘tkazmalari dunyoning 50 dan ortiq mamlakatlariga amalga oshiriladi.

Pul yuborish Ipak Yuli Bank’ning quyidagi xalqaro kartalaridan amalga oshiriladi: 

 

Mastercard 

Visa 

UnionPay

Pul o‘tkazmalari xorijiy banklarning Mastercard kartalariga, shuningdek O‘zbekiston banklarining Mastercard kartalariga amalga oshiriladi.

Yo‘q. Pul o‘tkazmalari Ipak Yuli Mobile ilovasi orqali onlayn amalga oshiriladi va bankka tashrif buyurish talab etilmaydi.

Xizmat Ipak Yuli Mobile ilovasining identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari uchun mavjud.

Xizmat Ipak Yuli Mobile ilovasining identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchilari uchun mavjud.

Komissiya — o‘tkazma summasining 1%. Minimal komissiya — 2 USD.

Minimal summa — 1 USD.

Bir tranzaksiya uchun maksimal summa — 5 000 USD 

Kunlik limit — 7 500 USD gacha

Oylik limit — cheklanmagan

Bank kartada

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner