«Nur» ipotekasi — yangi turar joy majmuasida kvartira

“Nur” TJM uchun ipoteka
Sizning yangi uyingiz — zamonaviy "Nur" TJM
“Nur” TJM uchun ipoteka

Ipoteka haqida batafsil

Ipoteka kalkulyatori

1 000 000 UZS
12 Oy
18 %
Kreditni qaytarish usuli
Sana Oylik to'lov Qarz qoldig'i Foizlar Asosiy qarz

Рассчет предварительный. Точный размер платежей будет определен банком по результату рассмотрения заявки.

Foiz stavkasi %
Muddat (oyda) oy
Sug'urta xarajatlari 0 so'm
Garovni baholash xarajatlari 0 so'm
Kreditning to'liq qiymati (KTQ)* %

*KTQ - qarz oluvchi tomonidan kreditlash davri uchun to'lanadigan xarajatlar.

Ipak Yuli Bank’ning «Nur» ipotekasi — bu “Nur” TJM’dan uy-joy sotib olish uchun maxsus dastur. Minimal boshlang‘ich to‘lov va tushunarli shartlar bilan premium darajadagi yangi uy izlayotganlar uchun qulay yechim.

 

Asosiy jihatlar

Uylaringiz uchun:
• Dastur aynan “Nur” TJM’dagi kvartiralar uchun yaratilgan
• Kvartira o‘zi kredit ta’minoti bo‘lib xizmat qiladi (kadastr mavjud bo‘lsa)
• Yashirin shartlar va ortiqcha talablarsiz

 

Qulaylik va moslashuvchanlik:
• Boshlang‘ich to‘lov — 15% dan
• Fiksatsiya qilingan stavkalar: muddatga qarab 18% va 19%
• Kredit muddati 10 yilgacha, summa 3,48 mlrd so‘mgacha
• Umumiy summadan 480 mln so‘mgacha bo‘lgan qismi uchun imtiyozli stavka — 17,5% (kadastr mavjud bo‘lsa)

 

Rasmiylashtirishning soddaligi:
• 2–3 ish kuni ichida qaror qabul qilinadi
• Minimal hujjatlar to‘plami

 

 

Asosiy afzalliklar

• «Nur» TJM uchun maxsus ishlab chiqilgan ipoteka
• Boshlash uchun qulay shart — atigi 15% boshlang‘ich to‘lov
• Qat’iy belgilangan stavkalar: 18% va 19% muddatga qarab
• Shaffof va tushunarli shartlar — yashirin to‘lovlarsiz

 

Ipoteka qanday olinadi

• Ariza topshiring va daromadlaringiz haqidagi ma’lumotlarni taqdim eting
• Pasport va “Nur” TJM’dagi kvartira bo‘yicha oldi-sotdi shartnomasi bilan Ipak Yuli Bank filialiga murojaat qiling
• Bank to‘lov qobiliyatini baholaydi va arizani ko‘rib chiqadi
• Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va kredit shartnomasini imzolang
• Boshlang‘ich to‘lovni amalga oshiring va kredit shartnomasini imzolang
• Bank mablag‘ni kvartira sotuvchisiga o‘tkazadi 

 

 

Nega bu foydali

• Zamonaviy “Nur” TJM’da kvartira xarid qilish imkoniyati
• Minimal boshlang‘ich to‘lov — 15% dan
• 10 yilgacha muddat — qulay to‘lov jadvali
• Kvartiraning o‘zi kredit ta’minoti sifatida qabul qilinadi

Onlayn kredit arizasi

5 daqiqa ichida kreditga ariza topshiring

+998
Toshkent shahri va Toshkent viloyati

Davom etish orqali siz foydalanuvchi kelishuvni bilan qabul qilasiz

Savollar va javoblar

7 yilgacha — 18% yillik, 10 yilgacha — 19% yillik.

«Nur» turar joy majmuasidagi kvartiralari uchun 15% dan boshlanadi.

• Pasport (ID-karta) 

• Kvartira oldi-sotdi shartnomasi 

• Boshlang‘ich to‘lovni tasdiqlovchi to‘lov topshiriqnomasi 

 

Kvartira huquqiy hujjatlari: 

• topshirish-qabul qilish dalolatnomasi 

• davlat kadastridan ko‘chirma (kadastrli uylar uchun) 

 

Kadastrsizlik kvartiralar uchun: 

• hisob raqamlari bo‘yicha 6 oylik ko‘chirmalar 

• daromadlarni tasdiqlovchi hujjatlar 

• daromadlar deklaratsiyasi

Odatda 2–3 ish kuni ichida.

Kreditlar haqida bilish muhim

Bank kreditini rasmiylashtirishda nimalarga e’tibor berish kerak

 

Kredit olishdan oldin asosiy jihatlarni baholang: 

  • Foiz stavkasi va to‘liq qiymati — faqat asosiy stavkani emas, balki barcha komissiyalarni o‘z ichiga olgan to‘liq kredit qiymatini ham solishtiring.
  • Summa va muddat — faqat kerakli miqdorni va sizga qulay muddatni tanlang, to‘lov daromadingizning 40–50 %idan oshmasligi kerak.
  • Ta’minot — garov yoki kafil bo‘lmasa, stavka yuqoriroq bo‘ladi, ammo rasmiylashtirish osonroq.
  • Olish va to‘lash usuli — mobil ilova orqali onlayn boshqarish eng qulay. 

 

Mutaxassislarimiz har doim sizga hisob-kitob qilish va aynan sizga mos variantni tanlashda yordam berishga tayyor.

Kreditni to‘lamaslikning asosiy oqibatlari

  • Qarz miqdorining oshishi: Muddati o‘tgan qarzdorlik summasiga jarimalar, penyalar va foizlar hisoblanadi. Natijada umumiy qarzdorlik miqdori ortadi.

     

  • Mol-mulk va bank hisobvaraqlaridagi mablag‘larga undiruv qaratilishi: Bank sud orqali yoki ijro ishi doirasida qarz oluvchining bank hisobvaraqlaridagi pul mablag‘lari hamda shaxsiy mol-mulkiga undiruv qaratish huquqiga ega. Agar mol-mulkni sotishdan tushgan mablag‘ qarzni to‘liq qoplash uchun yetarli bo‘lmasa, qarzning qolgan qismini to‘lash majburiyati qarz oluvchining zimmasida qoladi.

     

  • Kafillar va garovga qo‘yuvchilarning javobgarligi: Agar kredit bo‘yicha garov yoki kafillik rasmiylashtirilgan bo‘lsa, qarzni to‘lash majburiyati kafillar yoki garovga qo‘yuvchilar zimmasiga yuklatilishi mumkin. Bunday holatda ular to‘langan summani asosiy qarz oluvchidan qaytarishni talab qilish huquqiga ega.

     

  • Mamlakatdan chiqishga cheklov qo‘yilishi: Sud yoki davlat ijrochisining qaroriga asosan qarzdorning O‘zbekistondan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishi mumkin.

     

  • Kredit tarixining yomonlashishi: Muddati o‘tgan to‘lovlar haqidagi ma’lumotlar kredit byurolariga yuboriladi. Bu kelgusida yangi kreditlar yoki bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanishni qiyinlashtirishi yoki imkonsiz qilishi mumkin.

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner