21 сентября 2021 г.
«Yashnobod» Bank xizmatlari markazining ochilishi
Toshkentda «Ipak Yo‘li» bankining yangi zamonaviy bank xizmatlari markazi va aloqa markazi ochildi
«Ipak Yo‘li» banki xizmatlar sifatini oshirish va o‘z mijozlari uchun keng imkoniyatlarni yaratish ustida tinimsiz ish olib bormoqda. Bugungi kunda bank filial tarmog‘i poytaxt va respublika mintaqalaridagi 17ta filial tomonidan taqdim etilgan, bundan tashqari ular qoshida ekspress-markazlar, chakana kassalar va bank xizmatlari markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bank filiallarida jismoniy va yuridik shaxslar uchun barcha xizmat turlari ko‘rsatiladi, bank ishi ko‘rsatkichlari esa hamkorlar va xalqaro moliya institutlari tomonidan ijobiy baholangan.
Toshkent shahridagi Parkent ko‘chasi, 172-uyda joylashgan Yangi «Yashnobod» bank xizmatlari markazida ham yuridik va jismoniy shaxslar uchun xizmatlar taqdim etiladi. Markaz qulay joylashuvga ega, asosiy ko‘chadan uni sakkiz qavatli uyning birinchi qavatida ko‘rish mumkin, kirish oldida tunu kun ishlaydigan ko‘p funktsiyali bankomatlar joylashgan. Bank xizmatlari markazida jismoniy shaxslar uchun kreditlar va tadbirkorlik subʼektlariga mikrokreditlar bo‘yicha xizmatlar taqdim etiladi. Mijozlar, shuningdek, barcha turdagi kartalarni buyurtma qilish, pul o‘tkazmalarini amalga oshirish, bank omonatlarini rasmiylashtirish, hisoblar ochish va to‘lovlarni amalga oshirish va boshqa ko‘plab imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Bank xizmatlari markazida ayriboshlash shaxobchasi ham mavjud.
Yangi ochilgan Bank xizmatlari markazida «Ipak Yo‘li» banki mijozlari bankning boshqa filiallaridagi singari bor-yo‘g‘i 10 daqiqa ichida xalqaro bank kartalariga ega bo‘lishlari mumkin.
«Hozirgi paytda Bank yuridik va jismoniy shaxslarga barcha turdagi xizmatlarni ko‘rsatmoqda. So‘nggi yillarda mamlakat bank sektorida chakana bank xizmatlarining muttasil rivojlanishi kuzatilmoqda. Taqdim etilayotgan xizmatlar sonining oshishi bilan birga masofaviy bank xizmatlarini taqdim etish kanallarining rivojlanishi asnosida xizmatlardan foydalanish barcha uchun qulay bo‘lib bormoqda. O‘zining faoliyat hududini kengaytirish hamda Toshkent shahrining Yashnobod tumanida sifatli bank xizmatlari taqdim etish maqsadida mazkur Bank xizmatlari markazini ochish haqida qaror qabul qilindi», — dedi «Ipak Yo‘li» banki Аmaliyot boshqarmasi boshlig‘i Jasurjon Sagatov.
Markaz ochilishi munosabati bilan bank mijozlar uchun maxsus aksiya tayyorlagan. Unga ko‘ra, 2021-yilning 20-dekabriga qadar Bank xizmatlari markazi mijozlariga mutlaqo bepul:
- VISA Platinum Black yoki Mastercard Platinum Black kartalarini ochish;
- Maxsus blankda pul mablag‘lari qoldiqlari haqidagi maʼlumotni olish;
- Har bir chiqarilgan UzCard/HUMO kartasiga qo‘shimcha UnionPay Gold kartasiga ega bo‘lish imkoniyati taqdim etiladi.
Shuningdek, ochilish kunidan boshlab bir oy davomida Markaz mijozlari individual dizaynga ega Uzcard/HUMO/VISA kartalarini bepul (kartaning o‘zini chiqarish uchun komissiya olib qolgan holda) buyurtma qilishi mumkin.
Yangi bank xizmatlari markazi ochilishi bilan birga «Ipak Yo‘li» banki shuningdek, Markaz binosida joylashgan yangi zamonaviy Аloqa markazi ofisini taqdim etdi. Ko‘rsatilayotgan xizmatlarning yuqori sifatini taʼminlash maqsadida yangi aloqa markazida 70ta operator uchun ish o‘rni ko‘zda tutilgan, bu mijozlar qo‘ng‘iroqlari va murojaatlarini tezroq va sifatliroq qayta ishlash imkonini beradi. Mijozlar aloqa markaziga bank mahsulotlari bo‘yicha konsultatsiya, plastik kartalar va bankomatlar bilan ishlashga oid savollar, mobil ilova hamda boshqa ko‘plab masalalarda murojaat qilishi mumkin.
Endi «Ipak Yo‘li» banki Аloqa markazi bilan qisqa 1296 raqamini terish orqali bog‘lanish mumkin, bu mijozlarga xizmat ko‘rsatishni yanada osonlashtiradi.
«Ipak Yo‘li» bankining O‘zbekiston moliya bozoridagi tarixi 30 yildan oshiq muvaffaqiyatli faoliyatni o‘z ichiga oladi. 2013-yilda bankning aktsiyadorlari tarkibiga Osiyo taraqqiyot banki kirgan. Ushbu kelishuv OTBning Markaziy Osiyo mintaqasidagi ilk kapital investitsiyasi bo‘lgan. 2020-yilning o‘rtasida esa nemis taraqqiyot instituti DEG- Deutsche Investitions- und Entwicklungsgesellschaft mbH va Triodos Investment Management (o‘zining Triodos Microfinance Fund fondi orqali) «Ipak Yo‘li» banki aktsiyadorlik kapitaliga 25 million АQSH dollari miqdorida investitsiya kiritdi va bu ham ushbu moliyaviy institutlar tomonidan O‘zbekistondagi bankning aktsiyadorlik kapitaliga ilk investitsiya edi.
Telefon: +998 71-205-11-12
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Parkent ko‘chasi, 172-uy.
Mo‘ljal: Parkent bozori va Ohangaron hamda Maxtumquli ko‘chalari kesishuvidagi ko‘prik orasida.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
