29 марта 2022 г.
XMK (IFC) va AITB “Ipak Yo‘li” O‘zbekistonda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun hamkorlikni rivojlantirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston, 2022-yil 25-mart — IFC korxonalar, jumladan, ayollar rahbarlik qilayotgan korxonalarga COVID-19 pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini yumshatish, faoliyatini qayta tiklash va postkrizis muhitiga moslashishda yordam berish uchun O‘zbekistonning yetakchi banklaridan biriga investisiya kiritmoqda.
IFC “Ipak Yo‘li” bankiga qiymati 10 mln AQSh dollariga teng bo’lgan milliy valyutada kredit mablag‘larini kichik va o‘rta biznes korxonalari va shu jumlada, ayollarga tegishli bo’lgan kompaniyalarini moliyalashtirishni ta’minlash uchun taqdim etmoqda.
O‘zbekistonda kichik biznesni moliyalashtirish defitsiti 11,7 mlrd AQSh dollari miqdorida baholanmoqda va bu, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirish defitsiti to‘g‘risidagi hisobotlarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat yalpi ichki mahsulotining 18 foiziga teng.
“Mazkur moliyalashtirish bizning kichik va o‘rta biznesdagi ishimiz samaradorligini mamlakatni keng qamrab olish va ayollarga tegishli korxonalarni qo‘llab-quvvatlash yo‘li bilan oshirish imkonini beradi. Biz hozirgi pandemiya sharoitida mijozlarimizning biznes uzluksizligini qo'llab-quvvatlashda davom etishni istaymiz”, dedi AITB “Ipak Yo‘li” Boshqaruv Raisi Saidabror Saydahmedov.
Moliyalashtirish bilan bir qatorda, IFC bank uchun savdo moliyalashtirish limitini IFC’ning savdo moliyalashtirish bo‘yicha global dasturi doirasida oshiradi va bankning xususiy sektordagi hamkorlari uchun xalqaro savdo-sotiqni moliyalashtirish bo‘yicha samarali qarorlarini taqdim etish va xalqaro banklar bilan hamkorlik munosabatlarini yo‘lga qo‘yish uchun bank salohiyatini mustahkamlaydi.
IFC’ning Yaqin Sharq, Turkiya, Afg‘oniston va Pokistondagi Mintaqaviy vitse-prezidenti Xela Sheyxrouhi quyidagilarni qayd etdi: “IFC va AITB “Ipak Yo‘li”ning ushbu investisiyamiz bizning bankga bo’lgan ishonchimizni tasdiqlaydi va uning kichik biznesni, jumladan ayollar rahbarligi ostidagi korxonalarni moliyalashtirish hajmini oshirish bo‘yicha strategik yo‘nalishini qo‘llab-quvvatlaydi, O‘zbekistonning COVID-19 pandemiyasidan keyin yaxshiroq tiklanishiga yordam beradi. IFC’ning moliyaviy ko‘magi bunday murakkab davrda korxonalarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytiradi va shu tariqa ushbu segmentda barqarorlikni oshirishga yordam beradi”.
Mazkur shartnoma IFC’ning AITB “Ipak Yo‘li” bilan 2018-yilda boshlangan aloqalarining davomi bo‘lib, IFC tomonidan bankga savdo-sotiq bilan shug‘ullanuvchi mikro-, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirishni qo‘llab-quvvatlash uchun qiymati 15 mln AQSh dollariga teng miqdorida kredit liniya ajratgan edi.
IFC’ning so‘nggi moliyalashtirishgan mablag’lari 2020-yilda yo‘lga qo‘yilgan, COVID-19’ga tezkor munosabat bildirish mexanizmini 8 mlrd AQSh dollar miqdorida kengaytirish bo‘lgan «Piramidani barpo etish» dasturining bir qismi hisoblanadi. Dastur moliya institutlariga COVID-19 pandemiyasi keltirib chiqargan karantin choralari va iqtisodiy tanazzuldan eng ko‘p aziyat chekkan kichik biznes korxonalari, norasmiy korxonalar va daromadi past uy xo‘jaliklarini kreditlashga yordam beradi. 400 mln AQSh dollarigacha mablag‘ga teng bo’lgan dastur doirasida mikromoliyaviy tashkilotlar, nobank moliyaviy tashkilotlar, mikro-, kichik va o‘rta biznes korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan moliya institutlarga va banklarga taqdim etiladi. AITB “Ipak Yo‘li” IFC’ning “Piramidani barpo etish” dasturi doirasida O‘zbekistondagi moliyashtirish bo’yicha ilk loyihasi hisoblanadi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
