03 октября 2022 г.

Xitoyga UnionPay Money Express orqali o‘tkazmalar

Hurmatli mijozlar, sizlar bilan quvonchli xabarni baham ko‘rishdan mamnunmiz! 

Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasida Money Express xizmati ishga tushdi. Endi Ipak Yo‘li Mobile ning identifikatsiyadan o‘tgan foydalanuvchisi pul mablag‘larini “Ipak Yo‘li” banki tomonidan emissiya qilingan UnionPay, Visa yoki Mastercard kartasidan boshqa bank UnionPay kartasi sohibiga o‘tkazishi mumkin (O‘zbekiston Respublikasi hududi bo‘ylab va undan tashqarida). Mazkur xizmat pul mablag‘larini pul o‘tkazish tizimlari orqali jo‘natish uchun bankka tashrif o‘rnini bosadi. 

Xizmatdan 24/7 tartibida 48 mamlakatga, shuningdek, O‘zbekistondagi UnionPay kartalariga Money Express orqali o‘tkazma jo‘natish imkonini beradi. Jo‘natuvchi UnionPay karta raqami hamda qabul qiluvchi Familiya va Ismini ko‘rsatishi kifoya. 

O‘tkazmalar bo‘yicha limitlar 

Xalqaro o‘tkazmalar:

Bir kun davomida eng ko‘pida 5 000  AQSH dollari o‘tkazish mumkin.

Bir oydagi o‘tkazmalarning cheklovi ko'zda tutilmagan. 

O‘tkazish mumkin bo‘lgan eng kam pul miqdori 1 AQSH dollarini tashkil etadi. 

 

O‘tkazmalar bo‘yicha komissiyalar

O‘tkazmalar Bank tariflariga muvofiq, o‘tkazma miqdorining 1%iga teng, ammo 2 AQSH dollaridan kam bo‘lmagan komissiya bilan amalga oshiriladi. 

Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasini yuklab oling va qulay xizmatlardan foydalaning.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner