15 ноября 2023 г.

Xalqaro Jamg‘armalar Kuni IPAK YO'LI BANKI va FINLIT.UZ bilan

Butun hayotimiz davomida biz tejash zaruratiga duch kelamiz. Dunyoda mablag‘larni oqilona taqsimlashga bag‘ishlangan alohida bayram – "Xalqaro jamg‘armalar kuni"ning mavjudligi ham tejamkorlikning muhimligini ko‘rsatadi. Mana bir necha yildirki, shu sana munosabati bilan "Ipak yo‘li banki" O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tashabbusiga qo‘shilib, turli hududlardagi ta’lim muassasalarida ochiq darslar tashkil etib kelmoqda.
Joriy yilda esa “Ipak yo‘li banki" Qarshi, Farg‘ona va Toshkent shaharlarida "Xalqaro jamg‘armalar kuni"ni o‘tkazdi. Bank xodimlari o‘qituvchilar va talabalar bilan birgalikda har bir inson hayotida muhim boʻlgan shaxslararo, ekologik, psixologik va moliyaviy tejamkorlikni muhokama qildi. Shuningdek, bolalar faol ishtirok etgan mini-viktorinalar ham o‘tkazildi. Ularda moliyaviy savodxonlik va xavfsizlik misolida mablag‘larni to‘g‘ri taqsimlash va o‘z kelajagiga sarmoya kiritish haqida so‘z yuritdilar. Yoshlarimizda moliyaviy savodxonlikni oshirish va jamg‘arma madaniyatini rivojlantirishga jiddiy e’tibor qaratish juda muhim hisoblanadi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner