Ipak Yuli Bank ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global WE-Finance Code tashabbusiga qo‘shildi

20-september, 2025

Ipak Yuli Bank ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan global WE-Finance Code tashabbusiga qo‘shildi

 

 

2025-yil 15-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankida xalqaro Women Entrepreneurs Finance Initiative — WE-Finance Code tashabbusining mamlakatimizda joriy etilganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

 

WE-Finance Code — 2023-yilda Jahon banki va Xalqaro Valyuta Jamg‘armasi tomonidan ishga tushirilgan global tashabbus bo‘lib, uning maqsadi ayol tadbirkorlarning moliyaviy resurslar imkoniyatlarini kengaytirish va biznes rivoji uchun teng sharoit yaratishdir. Bugungi kunda mazkur tashabbus dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida amalga oshirilmoqda.

 

Ipak Yuli Bank WE-Finance Code tashabbusiga qo‘shilib, uning rasmiy a’zosi sifatida ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga sodiqligini yana bir bor tasdiqladi. 

 

Konferensiya doirasida biz panel sessiyada ishtirok etib, “Markaziy Osiyoda Ayollar Biznesda” dasturini amalga oshirish bo‘yicha tajribamiz bilan o‘rtoqlashdik, erishilgan natijalarni taqdim etdik va Kodeks tamoyillarini tatbiq etish bo‘yicha kelgusidagi rejalarimizni belgilab berdik. 

 

Biz uchun ushbu tashabbusga qo‘shilish quyidagilarni anglatadi: 

- ayollarga tegishli kichik va o‘rta bizneslar (WSME) bilan ishlashda xalqaro standartlarni joriy etish; 

- mijoz ayollar uchun investitsiyalar va xalqaro resurslarga kirish imkoniyatlarini kengaytirish; 

- ayol tadbirkorlar ehtiyojlariga mos innovatsion mahsulot va xizmatlarni rivojlantirish; 

- mijozlar, hamkorlar va investorlar ishonchini yanada mustahkamlash; 

- global hamjamiyatiga qo‘shilish va ilg‘or tajriba almashish. 

 

“WE-Finance Code tashabbusiga qo‘shilish — bu bankimiz uchun strategik qadam. Bizning maqsadimiz — O‘zbekistondagi ayol tadbirkorlar yanada ko‘proq imkoniyatga ega bo‘lishi, o‘z biznesini rivojlantirishi va mamlakat iqtisodiyotiga qo‘shayotgan hissasi yanada kuchayishi” 

 

Biz ayol tadbirkorlarning moliyaviy inklyuziyasi va savodxonligini oshirish, ularning biznesini kengaytirishga va yangi ish o‘rinlarini yaratishga yordam beradigan yechimlarni taklif etish orqali tizimli ishlarni davom ettirishni rejalashtirganmiz.

 

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner