10 июня 2024 г.

CIP Lounge Tashkent'ga tashrif buyurish shartlarida o'zgarishlar

2024-yil 1-iyuldan boshlab Visa Infinite karta egalari uchun CIP Lounge Tashkent'ga kirish shartlari o'zgarmoqda. 

Yil davomida CIP zalga kirish soni 10 tagacha ko'paytirildi.

CIP Lounge'ga bepul kirish uchun so'nggi 35 kun ichida (oxirgi 5 kun hisobga olinmaydi) 6 million so'mdan kam bo'lmagan miqdorda to'lovlarni amalga oshirish lozim.

       Tez-tez beriladigan savollar:

CIP zalga bepul tashrif buyurish uchun qancha sarflash kerak?
     - Oxirgi 35 kun ichida (oxirgi 5 kun hisobga olinmaydi) umumiy 6 000 000 so'm sarflash talab etiladi.

Qanday operatsiyalar to'lov sifatida hisobga olinadi?
     - Savdo tarmoqlaridagi va internetdagi barcha operatsiyalar, shu jumladan xalqaro operatsiyalar (POS va e-tijorat operatsiyalari) hisobga olinadi. To'lovlar soni muhim emas, faqat sarflangan summa hisobga olinadi.
     * Naqd pul yechish operatsiyalari, naqd pulsiz kartadan kartaga o'tkazmalar, shuningdek, internet-banking o'tkazmalari, kredit to'lovlari va P2P o'tkazmalari hisobga olinmaydi.

Kirish vaqti qanday hisoblanadi?
     - Bepul tashrif uchun 35 kun davomidagi to'lovlar hisobga olinib, undagi oxirgi 5 kun hisob emas. Misol uchun, agar mijoz 2024-yil 20-yanvarda CIP zaliga tashrif buyurmoqchi bo'lsa, 2023-yil 15-dekabrdan 2024-yil 14-yanvargacha bo'lgan barcha operatsiyalar hisobga olinadi.

Agar karta endi chiqarilgan bo'lsa va kerakli summa hali sarflanmagan bo'lsa, aeroport xizmatlaridan foydalanish mumkinmi?
     - Yo'q, CIP zaliga bepul kirish faqat to'lovlar summasi minimal chegara summasiga yetganidan keyingina amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot havolada

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner