
21-Yanvar, 2026
Visa Infinite kartalari bo‘yicha imtiyozlardan foydalanish shartlari yangilanmoqda
2026-yil 2-fevraldan boshlab Visa Infinite barcha afzalliklarni saqlab qolish uchun: 35 kun* davomida kamida 10 000 000 so‘m (yoki boshqa valyutadagi ekvivalenti) miqdorida xaridlarni amalga oshirish zarur. Оxirgi 5 kuni inobatga olinmaydi.
Qanday imtiyozlar mavjud?
• Visa Airport Companion orqali butun dunyo bo‘ylab DragonPass biznes-lounjlariga kirish, jumladan Toshkent shahridagi Anjir biznes-lounjiga kirish
• Fast Track International xizmati orqali aeroportlarda navbatsiz o‘tish
• Toshkent shahridagi aeroportda bagajni qadoqlash xizmati
• Toshkent shahridagi aeroportdan bepul transfer
• dunyoning 127 mamlakatida bepul rouming
• Toshkent shahridagi CIP-zalga bepul kirish
Nimalar hisobga olinadi?
O‘zbekiston hududida va xorijda amalga oshirilgan onlayn va oflayn tarzdagi barcha tovarlar va xizmatlar uchun xaridlar.
Nimalar hisobga olinmaydi?
• naqd pul yechib olish amaliyotlari
• karta orqali amalga oshirilgan naqdsiz pul o‘tkazmalari
• karta bog‘langan hisob bo‘yicha operatsiyalar (internet-banking orqali o‘tkazmalar, kredit to‘lovlarini amalga oshirish, rekvizitlar orqali o‘tkazmalar, P2P-o‘tkazmalar va boshqalar)
Hisoblash davri qanday aniqlanadi?
Masalan, agar CIP-zalga tashrif 20.01.2026 sanasida amalga oshirilsa, hisoblash davri 15.12.2025 sanadan 14.01.2026 sanagacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga oladi.
*ekvayer bank tomonidan kliring fayllari o‘z vaqtida yuborilgan taqdirda.
Visa Infinite imtiyozlaridan maksimal qulaylik bilan foydalaning — va har bir sayohatingizni ishonch bilan rejalashtiring.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
