Visa bilan Xitoyda to‘lov — xuddi uyda bo‘lgandek oson

09 июля 2025 г.

Visa bilan Xitoyda to‘lov — xuddi uyda bo‘lgandek oson

Xitoyga sayohat qilyapsizmi? Endi u yerda Visa bilan to‘lash xuddi O‘zbekistondagidek oddiy. Visa kartangizni Xitoyning 400 dan ortiq shaharlari va millionlab savdo nuqtalarida bemalol ishlatishingiz mumkin — do‘konlar, kafe, mehmonxonalar, transport va hatto ko‘cha bozorlari. 

 

Visa kartasini qayerda ishlatish mumkin: 

• Mehmonxonalar — to‘lovni Visa orqali amalga oshiring 

• Do‘kon va savdo markazlari — to‘lovda ortiqcha muammosiz foydalaning 

• Kafe va restoranlar — nonushta yoki tushlikni Visa bilan to‘lang 

• Onlayn xaridlar — Taobao, Tmall, Pinduoduo va boshqalarda xarid qiling 

• Sayohatlar va diqqatga sazovor joylar — Ctrip orqali chiptalarni bron qiling, taksi buyurtma qiling 

• Transport — 12306 ilovasida poyezd chiptasi oling, metro, avtobus yoki velosiped ijarasi uchun to‘lang 

• Ko‘cha ovqati va bozorlar — QR kodni skanerlang va to‘lovni Visa bilan amalga oshiring 

• Duty free do‘konlari — aeroportda naqd pul yechmasdan xarid qiling 

 

Sayohatga qanday tayyorlanish kerak: 

1.  WeChat, Alipay, Ctrip, 12306 kabi ilovalarni oldindan yuklab oling. 

2. Visa kartangizni ularga qo‘shing. Qo‘llanma 

3. Tayyor — telefon yoki karta orqali tez va oson to‘lov qiling. 

 

Visa — Xitoydagi ishonchli hamrohingiz.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner