12 марта 2021 г.

Triodos Investment Management «Ipak Yoʻli» Bankiga navbatdagi kredit liniyasini taqdim qildi

2021-yil 10-martda Triodos Investment Management tomonidan boshqariladigan moliyaviy inklyuziya fondlari Triodos Fair Share Fund va Triodos Microfinance Fund “Ipak Yoʻli” Bankiga o‘zaro imzolangan kredit shartnomaga asosan milliy valyutada qiymati 10 million Yevroga teng boʻlgan kredit liniyasini taqdim etdi.

Taqdim etilgan mablagʻlar pandemiya ta’siridan keyin moliyaviy ragʻbatlantirishni talab qiluvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi. Bundan tashqari, Bankning mijozlariga kichik va oʻrta biznes sohasidagi loyihalarni moliyalashtirishga ajratilayotgan uzoq muddatli kreditlari eksport salohiyatini oshirish va yangi ish oʻrinlari yaratish imkonini yaratib beradi.

«Ipak Yoʻli» Bankining Triodos Investment Management bilan hamkorligi 2015-yildan boshlanib, FMO (Niderlandiya taraqqiyot banki) va DEG (Germaniya taraqqiyot moliya instituti) bilan birgalikda qiymati 38 million AQSh dollariga teng boʻlgan sindikatlashtirilgan kredit liniyasi taqdim etilgan. 2019-yilda Bank qiymati 3 million yevroga teng boʻlgan subordinatsiyalangan qarz va 9 million yevro miqdoridagi kredit liniyasini oldi. Bundan tashqari, 2020-yil avgust oyida Triodos Microfinance Fund Bankning minoritar aksiyadoriga aylandi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner