20 октября 2020 г.
Tejamkorlik kuniga bag'ishlangan konkurs
Oktabr oyining so‘nggi kunida ko‘plab mamlakatlar Butunjahon tejamkorlik kunini nishonlaydilar. Butunjahon tejamkorlik kunining tarixi 1924 yilda Milanda bo‘lib o‘tgan dunyoning 29 mamlakati banklari vakillari ishtirok etgan birinchi xalqaro jamg‘arma kongressi bilan bog‘liq. Nafaqat pulni iqtisod qilish va tejashni, balki vaqt va kuchdan unumli foydalanishni, atrof-muhitni muhofaza qilishni o‘z ichiga olgan g‘oya ana shunday paydo bo‘ldi.
Ushbu xalqaro kun munosabati bilan Ipak Yo‘li Bank Markaziy bank tashabbusi bilan o‘sib kelayotgan yosh avlod uchun tanlovlar e’lon qiladi, ya’ni:
- 1-7 sinf o‘quvchilari uchun «Mening yig‘imlarim» mavzusida rasmlar tanlovi
- 8-11 sinflar, shuningdek, o‘rta va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun «Mening noyob omonatim» mavzusida esselar (erkin shaklda insho) tanlovi .
Tanlovlar 2020 yil 30 oktabrgacha davom etadi. Bolalar o'zlarining ishlarini Telegram orqali @IpakContest ga yuborishlari mumkin.
G'oliblarni «Ipak Yo‘li» banki tomonidan taqdim etilgan qiziqarli, personal sovg‘alar kutmoqda.
Biz esa G‘oliblarimizni kutamiz!
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
