27 ноября 2020 г.
Symbiotics “Ipak Yo'li” Bankiga milliy valyutada navbatdagi kredit liniyasini taqdim etdi
Shveytsariyaning Symbiotics investitsiya kompaniyasi o’zining Lyuksemburgda joylasshgan MSME Bonds S.A. obligatsiya chiqarish platformasi orqali “Ipak Yo'li” Banki bilan milliy valyutada qariyb 12 million AQSh dollari ekvivalentiga teng bo’lgan miqdorda kredit liniya ajratish to'g'risida kredit shartnomasini imzoladi.
Symbiotics mablag'larining diqqatga sazovor tomoni milliy valyutada nominatsiyaga ega bo’lgan maxsus obligatsiyalarni Lyuksemburg fond birjasida chiqarish orqali resurslarni jalb qilish hisoblanadi, bu esa xorijiy investorlar va fondlarning O'zbekiston bozoriga bo'lgan qiziqishini oshiradi.
Mazkur shartnoma “Ipak Yo'li” Banki tomonidan xalqaro moliyaviy mexanizmlarni tadbiq qilish orqali kichik va o'rta biznes subyektlarini milliy valyutada moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida tuzilgan.
Symbiotics investitsiyaviy kompaniyasi bilan o'zaro hamkorlik 2019 yilda boshlangan va shu kungacha Bankga umumiy qiymati 20 million AQSh dollariga teng miqdorda kredit liniyalari taqdim qilgan.
2004 yilda Jenevada ro'yxatdan o'tgan Symbiotics rivojlanayotgan mamlakatlar uchun barqaror moliyalashtirishga ixtisoslashgan, bozor tadqiqotlari, investitsiyalar bo'yicha maslahat va aktivlarni boshqarish xizmatlarini taklif qiluvchi investitsiyaviy kompaniya hisoblanadi. 2005 yildan beri Symbiotics deyarli 90 ga yaqin rivojlanayotgan bozorlarda qiymati 5,5 milliard AQSh dollaridan ortiq bo'lgan 450 dan ortiq kompaniyalar bilan 4000 ga yaqin bitim tuzdi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
