18-Fevral, 2026
Xalqaro SWIFT o‘tkazmalari bo‘yicha tariflarning o‘zgarishi
Hurmatli mijozlar,
Xalqaro SWIFT o‘tkazmalari bo‘yicha “OUR” komissiya turi uchun tariflarga o‘zgartirish kiritilganini ma’lum qilamiz.
1-martdan boshlab o‘tkazma uchun komissiya quyidagi miqdorda belgilanadi:
o‘tkazma summasining 0,5% (operatsiya amalga oshirilgan sanadagi Markaziy bank kursi bo‘yicha),
bunda:
— minimal komissiya — 600 000 so‘m;
— maksimal komissiya — 1 500 000 so‘m;
— komissiya summasi QQSni o‘z ichiga oladi.
Mazkur o‘zgarishlar ko‘rsatilgan sanadan boshlab amalga oshiriladigan operatsiyalarga tatbiq etiladi.
Xalqaro o‘tkazmalarni rejalashtirishda ushbu o‘zgarishlarni inobatga olishingizni so‘raymiz.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
