11 апреля 2025 г.

SVBO IPS tizimida rejalashtirilgan texnik ishlar (2025-yil 11–14-aprel)

Hurmatli mijozlar,

“Yagona umumrespublika protsessing markazi” AJning ma’lumotiga ko‘ra:

«... 2025-yil 11-aprel soat 15:00 dan 14-aprel soat 12:00 gacha SVBO IPS tizimi SVBO 2.0 versiyasiga o‘tish munosabati bilan rejalashtirilgan texnik profilaktika ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan e’tiboringizni quyidagilarga qaratamiz: 

• IPS_OBI fayllarini yuborishda kechikishlar yuzaga kelishi mumkin;

• Barcha kiruvchi emissiya va ekvayring arizalari ko‘rib chiqilishi to‘xtatiladi;

• Jismoniy va virtual kartalar emissiyasi vaqtincha mavjud bo‘lmaydi.»

Hurmat bilan,

Ipak Yo‘li Banki

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner