29 октября 2020 г.
Shaxsiy dizaynli kartaga buyurtma berish xizmati ishga tushirildi!
Endi mobil ilovada individual dizayn kartalariga buyurtma berish imkoniyati mavjud. Shaxsiy dizayn faqat Uzcard va Humo kartalari uchun mo’ljallangan. Shaxsiy dizayndagi kartani chiqarish identifikatsiyadan o’tgan mijozlar uchun “Ipak Yo’li Mobile” mobil ilovasi yordamida amalga oshiriladi.
Bank Tariflariga muvofiq individual dizayn kartani chiqarish uchun 0,25 BHM miqdoridagi komissiya va kartaning o'z narxi (Uzcard uchun 33 400 so'm va Humo uchun 11 100 so'm) olinadi. Shaxsiy dizayndagi kartaga buyurtma berish xizmati ilova orqali yetkazib berish xizmati bilan ham mavjud. Gallereyada keltirilgan variantlardan karta dizaynini tanlashingiz mumkin yoki o’z rasmingizni ilovaga yuklash orqali taqdim etishingiz mumkin.
*Tez kunda individual dizayndagi kartaga buyurtma berish bank veb-saytidagi Shaxsiy kabinetda ham mavjud bo'ladi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
