16 мая 2025 г.
Tashqi savdo shartnomalari va TSOYaEA o‘zgarishlari
Hurmatli “Ipak yo‘li banki” AITB mijozlari!
Xabaringiz bor, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 11-fevraldagi “Bojxona ma’muriyatchiligi tartib-tamoyillarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 77-sonli Qaroriga asosan tashqi savdo shartnomalarida bir qancha o‘zgartirishlar kiritilmoqda. Xususan, 04, 05, 06, 07, 08, 10, 11, 12, 13, 16, 17, 18, 19, 20, 21, 22 tipdagi shartnomalar TSOYAEATda boshqa tipdagi shartnomalarga o‘tkazilishi (01, 02 tipdagi) ko‘zda tutilgan.
Bundan tashqari TSOYAEA tizimi Bojxona Qo‘mitasi tasarrufiga o‘tishi sababli (tahminan 2025-yil 19-may sanasidan) exim.miit.uz sayti, VED-Kontrakt, AIST kontrakt, Ye-kontrakt dasturlari orqali tashqi savdo shartnomalari bo‘yicha amaliyotlar bajarilishi to‘xtatiladi. Barcha amaliyotlar contract.customs.uz sayti orqali amalga oshirilishi rejalashtirilgan.
Yangi joriy etilayotgan tizim ishlashi bo‘yicha barcha savollarga javoblarni, o‘quv kurslari materiallari, tizim ishlash bo‘yicha kunlik ZOOM o‘quv seminarlari manzillari, yangi tizimda ishlashda kuzatilayotgan muammolarni to‘g‘ridan to‘g‘ri dasturchilarga yuborish va tizimni texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aloqa kanali sifatida tizim dasturchilari tomonidan mijozlar uchun telegram guruhi ochilgan. Tashqi savdo ishtirokchilari tomonidan tizim bo‘yicha ma’lumotlardan doimiy ravishda xabardor bo‘lish maqsadida, https://t.me/contractcustoms telegram guruhiga a’zo bo‘lish so‘raladi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
