
25-september, 2025
Ipak Yuli Bank — yangi brend va Think Big platformasi bilan o‘z tarixida yangi sahifa ochmoqda
35 yildagi birinchi keng ko‘lamli rebrending — raqamli innovatsiyalar, mijozlarga yo’naltirilgan va xalqaro rivojlanish davrining boshlanishi.
Toshkent, 2025-yil sentabr — O‘zbekistonning yetakchi xususiy banklaridan biri Ipak Yuli Bank o‘zining 35 yillik faoliyati davomida ilk bor keng ko‘lamli rebrending o‘tkazayotganini e’lon qildi. Yangi brend va strategik platforma — «Katta maqsadlar sari / Think Big / Ради больших целей» bankning mijoz va ularning ambitsiyalarini markazga qo‘ygan, zamonaviy moliyaviy yechimlar ekotizimiga aylanish yo‘lini ifodalaydi.
Ipak Yuli Bank tarixi O‘zbekiston mustaqilligi tarixi bilan chambarchas bog‘liq. 1990-yilda u mamlakatdagi kichik biznesga yo‘naltirilgan birinchi xususiy bank bo‘ldi. 1997-yilda birinchi xalqaro kredit liniyasi aynan shu bankda paydo bo‘ldi. 2000-yillarning boshida bank mikrokreditlash, xalqaro pul o‘tkazmalari va plastik kartalarni joriy qilib, odamlarning kundalik hayot tarzini o‘zgartirdi. 2010-yillarda esa bank raqamli keskin o'sishni amalga oshirdi: mobil ilova, onlayn-mikroqarzlar va jahon darajasidagi aksiyadorlar — ADB, DEG va Triodos’ni jalb qildi. Bugun bankning 2,5 milliondan ortiq mijozlari, 5 milliondan ortiq chiqarilgan kartalar, 900 dan ziyod bankomatlari va butun mamlakat bo‘ylab 20 mingdan ortiq terminallari mavjud.
Yangi brend meros va kelajakni birlashtiradi. Think Big platformasi shunchaki shior emas. U mijozlarning katta maqsadlari va ularni amalga oshirish yo‘lidagi qo‘llab-quvvatlashni ifodalaydi. Bu — innovatsiyalarga intilish, raqamli transformatsiya va iqtisodiyot, barqaror rivojlanish hamda ijtimoiy tashabbuslarda mas’uliyatni ham o‘zida mujassam etadi.
Bugun Ipak Yuli Bank o‘z tarixida yangi sahifa ochmoqda — milliy yetakchidan mintaqaviy mezonga aylanish sari intilmoqda.
«Biz o‘tmishdan voz kechmaymiz — uni yanada kuchaytiramiz. Yangi brend mijozlarimizning ambitsiyalarini va ularning katta maqsadlariga yo‘ldosh bo‘lishdagi intilishimizni ifodalaydi».
Saidabror Saidahmedov, boshqaruv raisi (CEO), Ipak Yuli Bank
«Think Big — bu mijozlarga berilgan va’da va o‘zimizga qo‘yilgan sinovdir. Biz O‘zbekistonda ilk bor yangi avlod mahsulotlarini taqdim etyapmiz va hayotning bir qismiga aylanuvchi ekotizimni yaratmoqdamiz — oila va ta’limdan biznes va sayohatgacha».
Nana Mardoyan, marketing va PR direktori
Rebrendingdan oldin Think Big platformasiga asos solgan qator mahsulotlar taqdim etildi. 2024-yilda bank «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasi va VISA START SUM’ni, 2025-yilda esa O‘zbekistonda birinchi Woman Card va dunyoda birinchi Visa PUBG Mobile eSport Card’ni ishga tushirdi. Tadbirkorlar va kompaniyalar uchun Visa Business korporativ kartalari taqdim etildi. Ushbu mahsulotlar bank strategiyasini tasdiqladi — birinchi bo‘lish, yangi bozorlarni ochish va mijozlarning kundalik hayotining bir qismiga aylanuvchi innovatsiyalarni taqdim etish.
Rebrending O‘zbekiston moliya sektorida global investitsiyalar uchun ochilayotgan tarixiy bosqich bilan hamohang. Yangi brend bankning nafaqat milliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash, balki xalqaro moliya hamjamiyatiga integratsiyalashishdagi rolini yanada kuchaytiradi.
Ipak Yuli Bank kelajagi — bu raqamlashtirish va fintech-innovatsiyalar, biznesni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va oilaviy yechimlar, shuningdek, ESG va barqaror rivojlanish loyihalari. 35 yil avvalgidek, bank ishonch ramzi va katta maqsadli insonlar hamda kompaniyalar uchun ishonchli hamkor bo‘lib qoladi.
Ipak Yuli Bank haqida
1990-yilda mustaqil O‘zbekistonning birinchi xususiy banki sifatida tashkil etilgan Ipak Yuli Bank bugungi kunda 2,5 milliondan ortiq mijozlarga xizmat ko‘rsatib, keng ko‘lamli chakana, korporativ va investitsiya mahsulotlarini taklif etadi. Bank 5 milliondan ortiq kartalar chiqargan, 900 dan ortiq bankomatlar va 20 000 ta POS-terminallardan iborat tarmoqqa ega.
Raqamli transformatsiya yetakchisi sifatida bank mijoz tajribasiga va barqaror rivojlanishga alohida e’tibor qaratadi. Ipak Yuli Bank We-Finance kodeksini imzolagan, ESG standartlariga amal qiladi va xalqaro ISO 9001 hamda ISO 14001 sertifikatlariga ega. Bank aksiyadorlari orasida — Osiyo Taraqqiyot Banki (ADB), DEG va Triodos Investment Management.
Bankning ishonchliligi xalqaro reytinglar bilan tasdiqlangan (Fitch — B, Moody’s — B1), shuningdek, ADB’ning Trade and Supply Chain Finance Program (TSCFP) doirasida Confirming Bank maqomiga ega. So‘nggi yillarda Ipak Yuli Bank Visa, Mastercard, Uzcard va Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankidan marketing, raqamli innovatsiyalar, kartalar emissiyasi va barqaror rivojlanish sohalaridagi yutuqlari uchun ko‘plab xalqaro mukofotlarga sazovor bo‘ldi.
Ipak Yuli Bank — Katta maqsadlar sari / Ради больших целей
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
