01 апреля 2022 г.

Muqaddas Ramazon oyi muborak!

Muqaddas Ramazon oyi kirib keldi! Bu oy — mo‘min-musulmonlar uchun o‘zgacha davr. Poklanish va iymon sobitqadamligi pallasi. Yaratgan sizni va oila a'zolaringizni o‘z panohida asrasin, unga yuzlanib o‘qigan barcha duolaringizni dargohida qabul aylasin! 

«Ipak Yo‘li» banki jamoasi nomidan sizlarga tinchlik, barokat, ezgu hayollar va sabr tilab qolamiz. 

Sizga qulaylik yaratish maqsadida muqaddas Ramazon oyining saharlik va iftorlik vaqtlari jadvalini e'tiboringizga havola etmoqdamiz. Foydalaning, do‘stlaringizga ulashing va ushbu muborak oy siz uchun baxt nishonasi bo‘lsin.

Eslatma!

Saharlik tugash vaqti hamda iftorlik boshlanish vaqtidagi farqlar (daqiqa hisobida).

Toshkent vaqtidan avval: Angren 2/4, Xonabod 13/16; Andijon 11/13; Namangan 9/10; Farg‘ona 7/11; Xo‘jaobod 11/14; Chortoq 9/11; Chust 7/8; Rishton 6/9; Quva 8/12; Qo‘qon 5/7.

Toshkent vaqtidan keyin: Bekobod 4/-2; Guliston 5/1; Jizzax 10/4; Denov 15/1; Termiz 20/2; Samarqand 15/7; Kattaqo‘rg‘on 17/10; Qarshi 22/10; Nurota 20/15; Navoiy 20/14; Uchquduq 18/13; Buxoro 25/18; Urganch 33/32; Nukus 35/41.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner