06 мая 2024 г.

Qanday qilib norezident “Ipak Yo'li Banki” mijoziga aylanishi mumkin

Ipak Yo'li Bankida kartani rasmiylashtirish yoki hisob raqamni ochish uchun bank filiallariga shaxsan murojaat qilishingiz lozim.

Kerakli hujjatlar

     1. Xorijiy pasport
     2. Vaqtinchalik ro'yxatdan o'tganlik hujjati
     3. JSHSHIR

Qanday qilib bank mijozi bo'lish mumkin

     1. Norezident anketasini to'ldiring
     2. Bank javobini kuting (ma'lumotlaringizni qayta ishlash 5 ish kunigacha davom etishi mumkin)
     3. Anketani to'ldirayotganda belgilangan bank filialiga pasportingiz, vaqtinchalik ro'yxatdan o'tganlik hujjati, mablag'larning manbai va JSHSHIR'ni olib keling

Vaqtinchalik ro'yxatdan qanday o'tish mumkin

Vaqtinchalik ro'yxatdan o'tish mumkin:

     • Mehmonhonada
Mehmonxona akkreditatsiyasini tekshirishni unutmang: buni O'zbekiston turizm vazirligi veb-saytida amalga oshirish mumkin.

     • Pasport stolida
Ro'yxatdan o'tish siz turgan kvartiraning egasi tomonidan amalga oshiriladi.

JSHSHIR'ni qanday olish mumkin

JSHSHIR — bu jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamidir.

Uni eng yaqin pasport idorasida yoki davlat xizmatlari markazida olish mumkin.

JSHSHIR'ni olish uchun siz pasport, vaqtincha ro'yxatdan o'tish hujjati va mahalliy uyali aloqa operatorining sim-kartasini olib kelishingiz kerak.

JSHSHIR'ni onlayn olib bo'lmaydi.

Sizga qanday xizmatlar taqdim etiladi

     • Valyuta yoki so'm kartasini ochish
     • Hisobraqamlarni ochish
     • Omonatlarni ochish

Yagona cheklov shundaki, norezidentlar ilova orqali onlayn tarzda kredit ololmaydi va valyutani ayirboshla olmaydi.

Anketani bu yerda to'ldirishingiz mumkin.

bank tariflari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin. 

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner