27 мая 2022 г.

Plas-forum "Banklar va riteyl" 2022 qanday o'tdi

2022 yil 25-26-may kunlari Toshkentdagi International Hotel mehmonxonasida Plas-forum "Banklar va riteyl" bo‘lib o‘tdi. “Ipak Yo‘li” banki tadbirda “Oltin homiy” sifatida ishtirok etdi. 

Forumda bank videotaqdimot bilan chiqish qildi. Biz O‘zbekiston Respublikasi hududida aholiga avtomatlashtirilgan xizmat ko‘rsatish nuqtalarini rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ishlar, shuningdek, yaqin yillarga rejalar haqida so‘zladik. Bugungi kunda bank tomonidan respublika bo‘ylab 420ta yuqori texnologik bankomat o‘rnatilgan va ortqicha kamtarliksiz aytishimiz mumkinki, “Ipak Yo‘li” banki aholi uchun bankomatlarda taqdim etiladigan xizmatlar to‘plami bo‘yicha yetakchi hisoblanadi. 

Bundan tashqari, Forum doirasida ko‘rgazma mehmonlari uchun bank kartalari chiqarib berish nuqasi tashkil etildi. Hamkasblarimiz 200dan ortiq VISA, MASTERCARD va  UNIONPAY xalqaro kartalarni chiqarishdi, mehmonlarga Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasi imkoniyatlari taqdimotini o‘tkazishdi, tajriba almashishdi va rivojlanish uchun yangi imkoniyatlarni belgilashdi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner