23 октября 2023 г.

O‘zbek tili bayrami kuni!

Ona tilimiz – bu milliy mansubligimiz belgisi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi davlat tili maqomini qonuniy jihatdan mustahkamlaydi. Shu tariqa, o‘zbek tili Bayroq, Gerb va Madhiya kabi davlatimizning qonun bilan himoyalanuvchi timsoliga aylandi. Mamlakatimiz ma’naviy asoslarini mustahkamlash, xalqimizni, eng avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodni milliy qadriyatlarga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘zbek tilining ahamiyati ortib bormoqda. 

O‘zbekistonda istiqlolning ilk kunlaridanoq milliy meros, shu jumladan tilni saqlashga katta e’tibor berib kelinmoqda. 1989-yilning 21-oktyabrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 11-sessiyasida o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berildi. Hozir bu voqeaga 32 yil to‘ldi. Ushbu muhim bayram munosabati bilan, “Ipak Yo‘li” Toshkent shahridagi 313-maktabda Davlat tili kunini o‘tkazdi. Bank ishtirokidagi ushbu tadbir davomida o‘quvchilar buyuk o‘zbek shoir va yozuvchilari asarlaridan parchalarni o‘zbek tilida aytib berishdi. 

Bolalar tomonidan tayyorlangan tantanali dastur bayramona tabrik so‘zi, Alisher Navoiy g‘azal va ruboiylaridan parchalar, Erkin Vohidov, Muhammad Yusuf, Rauf Parfi singari o‘zbek adiblari asarlaridan she’riy kompozitsiyalar o‘rin oldi. Barcha ishtirokchilarga Ipak Yo‘li bankidan sovg‘alar topshirildi. 

Milliy adabiyotni rivojlantirish, buyuk ajdodlarimiz boy merosini asrash, mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilayotgan e’tibor chuqur bilim, mustaqil fikrlash qobiliyati va yuksak ma’naviyatga ega yoshlarni tarbiyalashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner