16-february, 2026
O‘tkazmalar bo‘yicha komissiyalar yangilandi
2026-yil 26-fevraldan boshlab Ipak Yuli Mobile mobil ilovasida kartalar o‘rtasidagi o‘tkazmalar bo‘yicha yangilangan shartlar amal qilmoqda.
Bank ichidagi o‘tkazmalar
Ipak Yuli Bank kartalari o‘rtasidagi o‘tkazmalar amaldagi aksiya doirasida vaqtincha komissiyasiz amalga oshiriladi.
Aksiya muddati — 2026-yil 26-fevraldan 2026-yil 31-dekabrgacha.
Chiquvchi o‘tkazmalar
Ipak Yuli Bank kartalaridan boshqa bank kartalariga o‘tkazmalar uchun komissiya 0,75% ni tashkil etadi.
Tashqi o‘tkazmalar
Boshqa bank kartalari o‘rtasidagi operatsiyalar ham 0,75% komissiya bilan amalga oshiriladi.
Yangilangan tariflar summaga cheklovlarsiz amal qiladi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
