24 октября 2022 г.
«Orzu qilaman. Jamg‘araman. Sotib olaman»
Ipak Yo‘li banki Butunjahon jamg‘arish kuniga bag‘ishlab, bolalar uchun «Orzu qilaman. Jamg‘araman. Sotib olaman» tanlovini e'lon qiladi.
Tanlov qoidalari:
1. Jamg‘argan pulingiz evaziga sotib olishni xohlagan orzuyingizni aniq tasavvur qilish va uni A4 formatidagi qog‘ozga chizish zarur.
2. Rasmlar qalam yoki bo‘yoq bilan chizilgan bo‘lishi kerak.
Saralash mezonlari:
G‘oya noodatiy va qiziq bo‘lishi, tanlov qoidalariga muvofiq taqdim etilishi kerak. Eng yaxshi loyihalar «Ipak Yo‘li» banki xodimlaridan iborat tanlov hakamlari tomonidan saralab olinadi.
Tanlovda 6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar qatnashishi mumkin.
Eng yaxshi loyiha mualliflari «Ipak Yo‘li» bankining sovg‘alariga ega bo‘lishadi.
Loyihalarni (bolaning familiyasi, ismi, yashayotgan shahri yozilgan) Toshkent shahar, Yunusobod tumani, A.Qodiriy ko‘chasi 2 manzilida joylashgan «Ipak Yo‘li» banki Bosh Ofisi kanselyariyasiga yo‘llang.
Savollar uchun: +998781406900 (ichki 1182)
Ishlar 31-oktabrga qadar qabul qilinadi. G‘oliblarning ismi 2022-yil 4-noyarda e'lon qilinadi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
