09-Fevral, 2026

OneID va shaxsiy ma’lumotlar: nimani bilish muhim

OneID orqali siz shaxsiy ma’lumotlaringizga kirish huquqlarini mustaqil ravishda boshqarishingiz mumkin — ularni boshqa tashkilotlarga faqat o‘z roziligingiz bilan taqdim etish yoki cheklash mumkin.

 

Bu nima uchun muhim

 

OneID’dagi ruxsat sozlamalari raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga bevosita ta’sir qiladi. Agar shaxsiy ma’lumotlarga kirish cheklangan bo‘lsa, ayrim xizmatlardan foydalanish qiyinlashishi yoki qo‘shimcha tekshiruv talab qilinishi mumkin.

 

Bu quyidagi xizmatlarga ta’sir qilishi mumkin:
• kreditlar, mikrozaymlar va bo‘lib to‘lash xizmatlarini rasmiylashtirish
• bank hisobvaraqlari va kartalarni ochish
• mijozni masofadan identifikatsiyadan o‘tkazish (KYC)
• sug‘urta va telekommunikatsiya xizmatlari
• elektron davlat xizmatlaridan foydalanish

 

Ruxsatlarni qanday tekshirish va o‘zgartirish mumkin
id.egov.uz saytiga kiring
• E-IMZO, Mobile-ID yoki QR-kod orqali tizimga kiring
«Shaxsiy ma’lumotlarni boshqarish» bo‘limida kerakli tashkilotlar uchun ruxsatlarni oching yoki yoping

 

Qulay: OneID mobil ilovasi Google Play va App Store orqali mavjud.
QR-kod orqali kirilganda ruxsatlarni boshqarish bo‘limi avtomatik tarzda ochiladi.

 

Ipak Yuli Bank tavsiya qiladi:
xizmatlardan foydalanishdan oldin OneID’dagi sozlamalarni tekshirib olish — bu tezroq va xavfsizroq jarayonni ta’minlaydi.

 

Shaxsiy ma’lumotlaringiz — sizning nazoratingizda

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner