25 марта 2022 г.

Naqd pul yechib olish yanada oson!

“Ipak Yo‘li” banki QR kod yordamida naqd pul yechib olishning yangi xizmatini ishga tushirdi. Ipak Yo‘li Mobile ning Identifikatsiyadan o’tgan foydalanuvchilari, Humo/Visa/Union Pay/Mastercard kartalari egalari bankomatlardan kartadan foydalanmasdan naqd pul yechib olishlari mumkin bo‘ladi.

Xizmatdan qanday foydalanish mumkin?

1. Ipak Yo‘li Mobile ilovasini oching va “To‘lovlar” bo’limiga o‘ting

2. “Naqd pul yechib olish” va “QR kodni skanerlash” tugmasini bosing.

3. QR kodini skanerlash uchun telefon kamerangizni bankomat ekraniga qarating

4. Bankomat ekranida tranzaktsiyani davom ettirish uchun tasdiqlash kodi ko'rsatiladi.

5. Keyingi qadamlar Ipak Yo'li Mobile ilovasida amalga oshiriladi.

6. Endi siz naqd pul yechib olish uchun karta va miqdorni tanlashingiz kerak.

7. Sizning telefon raqamingizga tranzaksiyani tasdiqlash kodi SMS-xabar orqali keladi.

8. Tayyor! Bankomatdan naqd pul oling.

Endi bankomatdan naqd pul yechib olish uchun yoningizda karta bo‘lishi shart emas, faqat “Ipak Yo‘li Mobile” mobil ilovasiga kirish imkoniga ega telefon bo‘lishi kerak.

Xizmat yaqin vaqt ichida barcha foydalanuvchilarga taqdim etiladi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner