02-july, 2026
Moody's Ipak Yuli Bankning uzoq muddatli depozit reytinglarini Barqaror prognoz bilan Ba3 darajasiga oshirdi
Moody's Ratings Ipak Yuli Bankning milliy va xorijiy valyutadagi uzoq muddatli depozit reytinglarini B1 darajasidan Ba3 darajasiga, shuningdek, Bankning Baseline Credit Assessment (BCA) va Adjusted BCA ko‘rsatkichlarini b1 darajasidan ba3 darajasiga oshirdi hamda "Barqaror" prognozni tasdiqladi.
Reytinglarning oshirilishi Moody's tomonidan O‘zbekiston Respublikasining suveren reytingi yaxshilanganidan so‘ng qabul qilingan qaror bo‘lib, mamlakat bank sektori faoliyati uchun sharoitlar yaxshilanayotganini aks ettiradi. Agentlik bahosiga ko‘ra, bunga institutsional muhitning takomillashuvi, iqtisodiy barqarorlik hamda fiskal ko‘rsatkichlarning yaxshilanishi xizmat qilmoqda.
Moody's ma'lumotiga ko‘ra, Ipak Yuli Bankning ba3 darajasidagi bazaviy kredit bahosi (BCA) bankning barqaror daromad manbalari, yuqori rentabelligi, aktivlarining yuqori sifati va mustahkam kapital pozitsiyasiga asoslanadi. "Barqaror" prognoz esa agentlik bankning kredit profili kelgusi 12–18 oy davomida barqaror saqlanib qolishini kutayotganini anglatadi.
Reytinglarning oshirilishi Ipak Yuli Bankning moliyaviy barqarorligi, samarali risklarni boshqarish tizimi va izchil rivojlanish strategiyasining xalqaro reyting agentligi tomonidan berilgan navbatdagi e'tirofi bo‘lib, mijozlar, investorlar, aksiyadorlar va biznes hamkorlari ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
