29 июля 2022 г.

Bank mijozlariga murojaat

Hurmatli mijozlar! 

Biz bankimizga nisbatan ishonchingiz va sodiqligingizni juda qadrlaymiz, shuning uchun 28.07.2022 sanasidan kuchga kirgan bank kartalaridan naqd xorijiy valyutani yechish uchun 1% miqdorida vaqtinchalik komissiya o’rnatilishiga oid bank Tariflaridagi o’zgarishlarga qo’shimcha izoh berishni lozim deb topdik. 

Mazkur tarif «Ipak Yo’li» banki kartalaridan bank kassalarida naqd xorijiy valyuta yechish bilan bog’liq amaliyotlargagina tegishli. Jismoniy shaxslarning avval naqd pul bilan to’ldirilgan omonat hisoblaridan qaytarish maqsadida naqd mablag’ berish odatdagidek hech qanday komissiyasiz amalga oshiriladi. 

Alohida ta’kidlashni istardikki, joriy etilgan tariflar vaqtinchalik hisoblanadi va hozirgi vaqtda bank tomonidan ushbu muddatni imkon qadar qisqartirish bo’yciha ish olib borilmoqda. 

Yana bir marotaba keltirilgan vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzr so’raymiz va vaziyatni tushunishingizni iltimos qilamiz.  

Hurmat bilan, «Ipak Yo’li» banki.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner