06-Mart, 2026

Boshqaruv Raisining o‘rinbosari bilan mehnat munosabatlari tugatilgani haqida

 

Mazkur xabar orqali ma’lum qilamizki, 2026 yil 6 mart sanasidan boshlab Boshqaruv Raisining o‘rinbosari (Chief Administrative Officer) Avazov Malik Abduaxatovich bilan tuzilgan mehnat shartnomasi O‘zbekiston Respublikasi amaldagi qonunchiligiga muvofiq tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida bekor qilindi.
 

Malik Abduaxatovich tashkilotdagi faoliyati davomida Bank rivojiga hamda kompaniyada boshqaruv jarayonlarini takomillashtirishga katta hissa qo‘shdi. Uning professionalligi, xizmat vazifalarini bajarishga bo‘lgan mas’uliyatli yondashuvi hamda yuqori darajadagi malakasi jamoa va rahbariyat tomonidan yuksak baholandi.
 

Bank rahbariyati va jamoasi Malik Abduaxatovichga ko‘p yillik vijdonan mehnati va samarali hamkorligi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi hamda kelgusidagi faoliyatida yangi professional yutuqlar, ulkan loyihalar amalga oshishini va kelajakdagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi.

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner