05 января 2023 г.

Kriptovalyuta bozoridagi operatsiyalar haqida

Hurmatli mijozlar!

Sizga shuni ma'lum qilamizki Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3832-sonli qarorining 3bandi "d" kichik bandiga asosan - "2023 yil 1 yanvardan boshlab Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari va yuridik shaxslari kripto-aktivlarni sotib olish, sotish va (yoki) ayirboshlash boʼyicha operatsiyalarni faqat milliy provayderlar orqali qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi" deyilgan.

Shu bois, 2023 yil 1 yanvardan boshlab bankning xalqaro kartalaridan Oʼzbekistondan tashqaridagi merchant: MSS 6051 ga va MSS 6012 (kripto indikatori boʼlganlar) ga toʼlovlar taʼqiqlandi.

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner