08 января 2022 г.

Korporativ boshqaruvga o‘rgatish bo‘yicha takliflarga talab

BANK TO‘GʻRISIDA

Bank to‘g‘risida qisqacha:

Bosh ofisi Toshkent shahrida joylashgan «Ipak Yo‘li» aksionerlik innovasion tijorat banki (Bank) 1990-yildan beri faoliyat yuritadi. Bank O‘zbekistondagi yirik xususiy banklardan biridir. Umumiy aktivlari soni bo‘yicha va bank sektoriga nisbatan Bank 13-o‘rinni egallaydi va 2020-yil yakunlariga ko‘ra, bozorning 1,90%ini egallaydi. Bank quyidagi asosiy yo‘nalishlar  bo‘yicha faoliyat yuritadi: Kichik va xususiy biznes, Korporativn biznes, Chakana savdo, Moliya institutlari, Investitsion biznes.

Bankning mintaqaviy tarmog‘i Toshkent shahri va O‘zbekiston Respublikasi viloyatlaridagi 16 filialdan iborat. Bankning mahsulotlari va xizmatlari ko‘plab mintaqalarda taqdim etilgan. Bundan tashqari Bank strategiyasiga binoan yaqin 3 yil ichida  mintaqalarda  yana bir necha filiallarning ochilishi rejalashtirilmoqda. Bankning raqamli kanallari «IpakYo'li Mobile», «Biznes uchun Ipak Yo'li Mobile» mobil ilovalari va servisli Internet-bankni o‘z ichiga oladi.   

Rivojlanishni moliyalashtirish institutlari tomonidan bank aksiyalariga egalik qilish:

2013-yildan boshlab Bank Osiyo taraqqiyot banki aksioneri bo‘ldi. Kelishuv Markaziy Osiyo mintaqasida OTB ning birinchi kapital investisiyasi bo‘ldi. 2020-yil o‘rtasida Nemis taraqqiyotni moliyalashtirish instituti DEG (Deutsche Investitions- und EntwicklungsgesellschaftmbH) va Triodos (Triodos Investment Management  Triodos mikromoliyaviy jamg‘armasi orqali) Bankning ustav kapitaliga 25 mln AQSH dollariga yaqin investisiya kiritdi. Investorlar bankning ustav kapitalida teng minoritar ulushga yangi emissiya aksiyalarini sotib olish yo‘li bilan ega bo‘lishdi va bu O‘zbekistonda bankning aksionerlik kapitaliga birinchi investisiya bo‘ldi.

TRENING TO‘GʻRISIDA

Trening shartlari: 

Yangi institusional investorlarni jalb etib bank korporativ boshqaruv amaliyotini yaxshilash ustuvorligini qo‘ydi.  Kuzatuv kengashi 9 ta a’zo va uchta qo‘mitadan (Korporativ boshqaruv, vazifalar va mukofotlar bo‘yicha; audit bo‘yicha; risklar bo‘yicha) iborat. Bank o‘z boshqaruv tuzilmalarining professional darajasini ilg‘or xalqaro amaliyotni (aksionerlar va boshqa manfaatdor tomonlar bilan o‘zaro munosabatlar, bozor, xalqaro investorlar, mahalliy xokimiyat organlari va muvofiqlashtiruvchi organlarni kutish) hisobga olib yanada oshirishni maqsad qilib olgan.  

Shu maqsadda korporativ boshqaruvning ilg‘or amaliyoti mavzusi bo‘yicha kirish kompleks o‘qitishni o‘tkazish uchun tashqi konsultant taklif qilinadi. Korporativ boshqaruv tajribasiga ega tashqi konsultant o‘quv modulini mahalliy kontekstga moslashtirishi kerak. O‘qitish ilg‘or boshqaruv xarajatlari va afzalliklari haqida tushuncha berishi va yuqorida qayd etilgan masalalar bo‘yicha amaliy tavsiyalar berishi kerak.   

O‘qitish davomiyligi: O‘qitish 2-3 kun davom etadi. 

O‘qitish joyi: O‘qitish Toshkent shahrida (O‘zbekiston) o‘tkaziladi.

Metodologiya:

Xalqaro korporativ boshqaruvning zamonaviy tamoyillarini shakllantirish va joriy etish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar (casestudies) yaqin vaqt oralig‘idagi mahalliy va xalqaro presedentlardan olingan tematik tadqiqotlarga mos kelishi kerak. Ularning korporativ boshqaruvning ilg‘or amaliyotiga nisbatan bankning joriy holatini hisobga olib taqdim etilishi tavsiya etiladi. 

Buning uchun o‘qitish provayderi quyidagilardan foydalanishi mumkin: 

• Kuzatuv kengashi va Qo‘mitalar yig‘ilishlarini kuzatish; 

• Bankning korporativ boshqaruvini baholash haqida mavjud hisobotlari; 

• Kuzatuv kengashi va Boshqarma a’zolari, risk-menejment, korporativ boshqaruv xodimlari va korporativ kotiblardan intervyu olish.  

O‘qitish ishtirokchilari: 

O‘qitishning asosiy auditoriyasini Kuzatuv kengashi a’zolari, Kuzatuv kengashi qoshidagi qo‘mitalar a’zolari, bankning korporativ kotiblari, risk-menejment boshqaruvi boshlig‘i, ichki audit boshqaruvi boshlig‘i, komplayens-nazorat bo‘limi boshlig‘i, korporativ boshqaruv mutaxassislari, shuningdek bankning bosh rahbariyati a’zolari tashkil etiladi. 

Konsultant korporativ boshqaruv metodologiyasiga binoan ishlashi kerak (http://cgdevelopmentframework.com/cg-development-framework/).

O‘qitish maqsadlari: 

O‘qitish konsepsiyasi quyidagi o‘qitish maqsadlariga yo‘naltirilgan: 

• Kuzatuv kengashi va uning qo‘mitalari ishi samaradorligini yaxshilash, bankda korporativ  boshqaruvning joriy holatini baholash asosida tavsiyalarni ishlab chiqish (Kuzatuv kengashi va uning qo‘mitalari yig‘ilishlarida ishtirok etish, ularning a’zolari va bankning boshqa xodimlari bilan intervyu, shuningdek bankning korporativ boshqaruvini baholash haqida mavjud hisobotlarni o‘rganish asosida);

• Korporativ boshqaruvning ilg‘or amaliyotining joriy holati va yo‘nalishi;

• Korporativ boshqaruvni raqobat afzalligi sifatida tushunishga misollar; 

• Korporativ boshqaruv va proseduralarni yaxshilashdan maksimal moliyaviy foyda olish uchun salohiyatini aniqlash;

• Bankda eng yaxshi amaliyotlarni joriy etish imkoniyati;

• Kuzatuv kengashi qo‘mitalari, institusional siyosat va proseduralarni xalqaro talablarga binoan qanday tuzishga doir yondashuvlar va eng yaxshi amaliyotlar; 

• Kuzatuv kengashi hujjatlari, Kuzatuv kengashi va aksionerlarining rezolyusiyalari, tegishli yig‘ilishlar bayonnomalarini tuzish va tayyorlash ilg‘or tajribasi; 

• Manfaatli tomonlarga korporativ boshqaruv bo‘yicha axborotni ochishga yondashuv va eng yaxshi amaliyotlar;

• Kuzatuv kengashi a’zolari uchun korporativ boshqaruvda ishlatiladigan instrumentlarni taqdim etish.

O‘qitish mavzulari va qo‘llashga oid misollar:

Konsultant tomonidan ishlab chiqilgan dastur va ta’lim mavzulari Bank bilan kelishilgan bo‘lishi kerak. 

Korporativ boshqaruv asoslarini аks ettiruvchi umumiy mavzular bilan qatorda konsultant o‘quv rejasi va materiallarini tayyorlashda bank uchun ustuvor hisoblangan quyidagi mavzularni qamrab olishi va bu bilan chegaralanmasligi, shuningdek, misollar namoyish qilishi va xalqaro amaliyotda ham, MDH davlat;larida ham qo‘llaniladigan shablonlarni taqdim etishi kerak: 

kuzatuv kengashi kompetensiyalari matritsasi / misollar, shablonlar;

KKni baholash, KK tomonidan o‘zini o‘zi baholash/ misollar, shablonlar;

Boshqaruvni baholash, Boshqaruv tomonidan o‘zini o‘zi baholash / misollar, shablonlar;

KK va Boshqaruv hamda KK huzuridagi qo‘mitalar vakolatlarini boshqalarga bo‘lib berish, majburiyatlarni taqsimlash;

korporativ boshqaruvning asosiy hujjatlari / misollar, shablonlar; (1. Manfaatlar qarama-qarshiligining oldini olish va yo‘lga solish siyosati 2. Korporativ boshqaruv siyosati 3. Axloq va ish etikasi kodeksi  4. Xatoliklar haqida xabar berish siyosati 5. Rahbarlar izdoshlarini rejalashtirish siyosati;  6. KKning yangi a’zosini lavozimga tayinlash bo‘yicha qo‘llanma 7. Axborotni oshkor qilish siyosati 8. Lavozimga tayinlash va ilgari surish siyosati  9. KK va boshqaruvni mukofotlash to‘g’risida nizom va b.);

korporativ kotib ishini tashkillashtirish, uning vazifalari, boshqarma idoralari bilan aloqalari; 

KK qoshidagi qo‘mitalar ishini tashkillashtirish, ularning vazifalari, boshqarma idoralari bilan aloqalari; 

korporativ boshqaruv vositalari va h.k. 

Xizmatlarni taqdim etuvchiga talablar/ yo‘nalish talablari — taklifni ilgari surayotgan ekspert/konsultant:

• Korporativ boshqaruv bo‘yicha ilg’or xalqaro amaliyotlar darajasida amaliy tajribaga ega bo‘lishi;

• Treninglar ishlab chiqish va o‘tkazishda katta tajribaga ega bo‘lishi; 

• Xalqaro tajriba, MDH mamlakatlarida orttirilgan ish tajribasiga ega bo‘lishi; 

• Hududning me’yoriy-huquqiy bazasi, shuningdek, moliya yoki bank sektorida korporativ boshqaruv bo‘yicha ilg’or xalqaro amaliyot haqida tushunchaga ega bo‘lishi;  

• Rus va ingliz tillarida erkin so‘zlasha olishi;

• Kompaniya ixtisosligi va taklif etilayotgan xizmatlarning onlayn taqdimotini qilishi (dastlabki taxminiy sana 2022-yil, 17yanvar);

• Maqbul va raqobatbardosh kunlik stavkalar va umumiy byudjetni taklif qilishi; 

• o‘quv dasturi tuzilayotgan vaqtda Bank bilan faol hamkorlik qilishi (joylarga chiqish imkoniyati bilan) kutilmoqda. 

Taklif:

Taklif quyidagi aspektlarni qamrab oligan bo‘lishi kerak: 

• Talab etilayotgan o‘qitish konsepsiyasini tushunish; 

• Taklif etilayotgan vazifalar va natijalar; 

• Avvalgi topshiriqlardan olingan o‘quv materiallari namunalari (saralangan anonim sahifalar, material haqida tasavvur hosil qilish uchun); 

• Xarajatlarning batafsil smetasi (odam-kunlardan kelib chiqib, professionallarga beriladigan gonorarlarni ko‘rsatgan holda) mehnat safari xarajatlari uchun alohida xarajatlar bandi bilan; 

• Korporativ boshqaruv sohasidagi tegishli loyihalar va tajriba tarixi;

• Jamoa uchun ochiq resurslar tavsifi; 

• Jamoaning asosiy a’zolari tarjimayi holi, shu jumladan, tegishli tajribasi; 

• Mahalliy kontekstni o‘rganish uchun zarur manbalar va talab etiladigan muddat bayoni; 

Taklif Bankka rus tilida quyidagi kontaktlarga 24 yanvar 2022 yulga qadar yuborilishi lozim:

Javhar Saidkamolov  ([email protected]), tel.:+998(78)140 69 40, 

Djaxangir Karimov ([email protected]) tel .: +998(78)140 69 41

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner