03-april, 2026
UZCARD DUO kartalari uchun kontaktsiz to‘lov limiti oshirildi
2026-yil 4-apreldan boshlab NFC qo‘llab-quvvatlovchi UZCARD DUO kartalari orqali UZCARD POS-terminallarida PIN-kodsiz kontaktsiz to‘lovning maksimal summasi 100 000 so‘mdan 250 000 so‘mgacha oshirildi.
Mazkur o‘zgarish kundalik to‘lovlarni yanada tez va qulay amalga oshirishga qaratilgan. Endilikda mijozlar xaridlar uchun kattaroq summani PIN-kod kiritmasdan, birgina tegish orqali to‘lashlari mumkin.
Ipak Yuli Bank zamonaviy to‘lov yechimlarini rivojlantirishda davom etmoqda va mijozlar uchun xizmatlardan foydalanishni yanada qulayroq qilmoqda.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
