30-Iyul, 2026
«Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasi bo‘yicha komissiyalar o‘zgarishi
30 iyul sanasidan boshlab «Imkoniyatlar kartasi» kredit kartasi bo‘yicha naqd pul yechish tariflari yangilanadi.
O‘zgarishlar Ipak Yuli Bank bankomatlari, O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa banklar bankomatlari va naqd pul berish shoxobchalari, shuningdek xorijiy banklar bankomatlari orqali amalga oshiriladigan naqd pul yechish operatsiyalariga tatbiq etiladi.
Yangi komissiyalar:
Ipak Yuli Bank bankomatlarida:
shaxsiy mablag‘larni yechish — 1% (ilgari — 0,5%);
kredit mablag‘larini yechish — 3% (ilgari — 2,5%).
O‘zbekiston Respublikasidagi boshqa banklar bankomatlari va naqd pul berish shoxobchalarida:
shaxsiy mablag‘larni yechish — 1% (ilgari — 0,5%);
kredit mablag‘larini yechish — 3% (ilgari — 2,5%).
Xorijiy banklarning bankomatlari va naqd pul berish shoxobchalarida:
shaxsiy va kredit mablag‘larini yechish — operatsiya summasining 3%, kamida 20 000 so‘m (QQS bilan) (ilgari — operatsiya summasining 2,5%, kamida 20 000 so‘m).
Naqd pul yechish amaliyotlarini amalga oshirishda yangilangan tariflarni inobatga olishingizni tavsiya qilamiz.
E'tibor bering: boshqa banklarning bankomatlari yoki naqd pul berish shoxobchalarida naqd pul yechilganda, bankomat egasi bo‘lgan bank tomonidan qo‘shimcha komissiya undirilishi mumkin. Ushbu komissiya miqdori tegishli bank tomonidan mustaqil belgilanadi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
