17 июля 2021 г.

Kelgusi hafta uchun ish tartibi

«Ipak Yo‘li» bankining hurmatli mijozlar!

Sizlarni kirib kelayotgan Qurbon Hayit bayrami va oldinda bizni kutayotgan dam olish kunlari bilan tabriklaymiz.

Shu munosabat bilan, bayram kunlarida bankimiz ish tartibi bilan tanishing: 

17 va 24-iyul – ishlaymiz;

20, 21 va 22-iyul – ishlamaymiz.

«Ipak Yo‘li Mobile» ilovamiz orqali siz 24/7 tarzda bank bilan bog‘liq savollarni hal qilishingiz, o‘tkazmalar jo‘natishingiz, to‘lovlarni amalga oshirishingiz va boshqa ko‘plab ishlarni bajarishingiz mumkin.

Аgar valyuta ayirboshlash xizmati zarur bo‘lsa, bankomatlarimizdan foydalaning.

Bog‘lanish uchun aloqa markazimiz tunu kun faoliyat yuritadi, unga ushbu raqam orqali qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin +998 78 140 69 00.

Bayramlarni yaxshi o‘tkazing!

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner