20 декабря 2024 г.
Kassalar va bankomatlarda valyutani qabul qilishdagi o‘zgarishlar
Hurmatli mijozlar!
Kassalar va bankomatlarda qalbaki banknotlarni qabul qilish xavfini oldini olish maqsadida quyidagi o‘zgarishlar haqida xabar beramiz:
1. Bank kassalarida barcha turdagi va nominaldagi AQSH dollarlari banknotlarning holatiga qarab, amaldagi tariflar asosida qabul qilinadi. Kassa operatsiyalari bo‘limi valyutaning haqiqiyligini tekshirish uchun zamonaviy uskunalar bilan jihozlangan.
2. Avtomatlashtirilgan ayirboshlash shoxobchalarida (bankomatlarda) risklarni minimallashtirish uchun 1996-yilgacha va 1996-yilda chiqarilgan barcha nominaldagi AQSH dollari banknotlarini qabul qilish to‘xtatildi.
Biz sizning ishonchingizni qadrlaymiz va xavfsizligingiz haqida qayg‘uramiz. Batafsil ma’lumot bo‘limlarimizda va bank saytida mavjud.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
