13-Mart, 2026

JShShIR ma’lumotlarini yangilash zarurati haqida

 

Hurmatli mijozlar!

 

E’tiboringizni shunga qaratamiz: bank bazasida JShShIR ma’lumotlari mavjud bo‘lmagan hisobvaraqlar va bank kartalari bo‘yicha xizmatlar tegishli ma’lumotlar taqdim etilgunga qadar vaqtincha to‘xtatilishi mumkin.

 

Ma’lumotlarni qanday yangilash mumkin?

 

Bank xizmatlaridan to‘liq foydalanishni davom ettirish uchun quyidagi usullardan birini tanlang:

• JShShIR ma’lumotlaringizni Ipak Yuli Mobile ilovasidagi onlayn chat orqali yoki rasmiy Telegram qo‘llab-quvvatlash chatiga yuboring: @ipaksupport
• shaxsingizni tasdiqlovchi hujjat bilan bankning eng yaqin filialiga murojaat qiling

 

Ma’lumotlar yangilangandan so‘ng barcha bank xizmatlaridan to‘liq foydalanish imkoniyati tiklanadi.

 

Savollaringiz bo‘lsa, 1296 raqami orqali “Mijozlarga g‘amxo‘rlik” xizmatiga yoki Telegram orqali @ipaksupport ga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Hamkorligingiz uchun rahmat!

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner