
26-May, 2026
Ipak Yuli Bank yangi Boshqaruv Raisi tayinlanganini e’lon qiladi
Umidjon Xakimov Bank Boshqaruvi Raisi etib tayinlandi va Ipak Yuli Bank’ning strategik hamda raqamli rivojlanish yo‘nalishini davom ettiradi.
Toshkent, 2026-yil 26-may — Ipak Yuli Bank® (“Ipak Yo‘li” AITBning ro‘yxatdan o‘tgan savdo belgisi) Umidjon Abduxalikovich Xakimov Bank Boshqaruvi Raisi lavozimiga tayinlanganini ma’lum qiladi. U ushbu lavozimda Saidabror Saydiagzamovich Saydaxmedov o‘rnini egallaydi. Saidabror Saydiagzamovich Saydahmedov Bankdagi faoliyatini yangi yo‘nalishda davom ettirish to‘g‘risida qaror qabul qilgani munosabati bilan Bank Boshqaruvi Raisi lavozimini tark etmoqda.
Umidjon Abduxalikovich Xakimov — O‘zbekiston moliya sektorida va xalqaro moliyaviy institutlarda 25 yildan ortiq tajribaga ega bank sohasi rahbari. U faoliyati davomida mamlakatning yirik banklarida rahbarlik lavozimlarida ishlab, korporativ biznes, xalqaro bank faoliyati, strategik rivojlanish va transformatsiya yo‘nalishlariga boshchilik qilgan.
Saidabror Saydiagzamovich Saydaxmedov rahbarligi davrida Ipak Yuli Bank o‘z tarixidagi eng yirik transformatsiya bosqichlaridan birini amalga oshirdi. Bank chakana va raqamli biznesdagi pozitsiyalarini mustahkamladi, keng qamrovli rebrendingni amalga oshirdi, mobil xizmatlarni faol rivojlantirdi hamda mijozlar bazasini sezilarli darajada kengaytirdi. Aynan uning rahbarligi ostida bankning texnologik rivojlanish, mijozga yo‘naltirilganlik va barqaror taraqqiyotga asoslangan yangi strategiyasi shakllandi.
Bank Saidabror Saydiagzamovich Saydaxmedovga bank rivojiga qo‘shgan hissasi va strategik o‘zgarishlarni amalga oshirishdagi xizmatlari uchun minnatdorlik bildiradi.
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
Ilovani yuklab olish uchun QR kodni skanerlang
Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda
