15-Sentabr, 2026

Ipak Yuli Bank Yevropaning uchta yetakchi moliya tashkiloti bilan 80 mln dollarlik shartnomalar imzoladi

Ipak Yuli Bank Yevropaning uchta yetakchi moliya tashkiloti — Avstriyaning Oesterreichische Entwicklungsbank AG, Italiyaning Cassa Depositi e Prestiti S.p.A. hamda Lyuksemburgning Allianz Global Investors tomonidan boshqariladigan Allianz Credit Emerging Markets Fund S.A., SICAV-RAIF jamg‘armasi bilan kredit shartnomalarini imzoladi.

 

Tuzilgan shartnomalar doirasida moliyalashtirishning umumiy hajmi 80 million AQSh dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar O‘zbekiston bo‘ylab bizneslarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga yo‘naltiriladi.

 

Mablag‘lar, avvalo, mikro, kichik va o‘rta biznesni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.


Ularning:
-35 % — 2X Challenge tamoyillariga muvofiq, ayollar egaligidagi bizneslarni moliyalashtirishga;
-30% — kreditorlar tomonidan belgilangan mezonlarga javob beradigan «yashil» loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Bunday loyihalar qatoriga energiya samaradorligini oshirish, yashil qurilish, qayta tiklanuvchi energiya, suv resurslaridan samarali foydalanish va ekologik toza transport sohasidagi loyihalar kiradi;
-qolgan mablag‘lar — belgilangan talablarga javob beradigan boshqa loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladi.
 

Tuzilgan shartnomalar Ipak Yuli Bankning O‘zbekistonda xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlash va iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga hissa qo‘shish imkoniyatlarini kengaytiradi. Ajratilgan mablag‘lar energiya samaradorligi va boshqa «yashil» yo‘nalishdagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, O‘zbekiston bo‘ylab ayollar egaligidagi bizneslarni moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
 

Ipak Yuli Bankning yangi hamkorlari xususiy sektor va barqaror rivojlanish loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha katta tajribaga ega. OeEB va CDP mos ravishda Avstriya va Italiyaning rivojlanish moliya tashkilotlari bo‘lsa, Allianz Global Investors aktivlarni boshqarish va investitsiya yechimlarini taqdim etishga ixtisoslashgan.
 

 

Oesterreichische Entwicklungsbank AG (OeEB)
 

Oesterreichische Entwicklungsbank AG (OeEB) 2008-yildan buyon Avstriyaning rivojlanish banki sifatida faoliyat yuritadi. OeEB rivojlanayotgan mamlakatlarda xususiy sektor loyihalarini uzoq muddatli moliyalashtirishga ixtisoslashgan. Ushbu loyihalar barqaror iqtisodiy rivojlanishga xizmat qiladi.
 

OeEB moliyaviy yordam bilan birga, loyihalarning ijtimoiy va iqtisodiy ta’sirini oshirishga yordam beradigan texnik ko‘mak ham taqdim etadi.
Batafsil ma’lumotni saytda o‘qing.

 

 

Cassa Depositi e Prestiti S.p.A. (CDP)


Cassa Depositi e Prestiti (CDP) — 1850-yildan buyon Italiya iqtisodiyotini qo‘llab-quvvatlab kelayotgan Italiyaning rivojlanish banki. CDP Italiya va hamkor mamlakatlarning barqaror iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga ko‘maklashadi.


CDP xalqaro rivojlanish hamkorligi sohasida Italiyaning moliyaviy tashkiloti sifatida faoliyat yuritib, rivojlanayotgan mamlakatlar va rivojlanayotgan bozorlarga moliyalashtirish, kafolat va maslahat xizmatlarini taqdim etadi.
 


Allianz Global Investors


Allianz Global Investors — dunyoning 22 dan ortiq ofisida 700 nafardan ziyod investitsiya mutaxassisi faoliyat yuritadigan yetakchi aktivlarni boshqarish kompaniyasi. Kompaniya 598 milliard yevro miqdoridagi aktivlarni boshqaradi.
 

Kompaniya uzoq muddatli investitsiyalarga e’tibor qaratadi va mijozlar uchun qo‘shimcha qiymat yaratishga intiladi. Allianz Global Investors mijozlar bilan ularning o‘zgarib borayotgan ehtiyojlarini hisobga olgan holda hamkorlik qiladi hamda ommaviy va xususiy bozorlar bo‘yicha tajribasiga asoslangan investitsiya yechimlarini ishlab chiqadi.
 

Aktivlarni mas’uliyat bilan boshqarish kompaniya faoliyatining muhim qismidir. Allianz Global Investors mijozlar aktivlarini saqlash va ko‘paytirish bilan birga, barqaror rivojlanish va jamiyatdagi ijobiy o‘zgarishlarni qo‘llab-quvvatlashga intiladi.

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner