16 декабря 2022 г.
ITFC Ipak Yo‘li banki bilan qiymati 15 million АQSh dollariga teng moliyalashtirishga oid shartnomani imzoladi
2022 yil 13 dekabr kuni Saudiya Аrabistonining Jidda shahrida Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) va "Ipak Yo‘li" АITB o‘rtasida O‘zbekiston xususiy sektorida savdoni moliyalash bo‘yicha ko‘maklashish, shuningdek, kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish bo‘yicha shartnoma imzolandi.
Moliyaviy institutlar orasida ilk marotaba amalga oshirilayotgan mazkur shartnoma O‘zbekiston Respublikasi hukumati va ITFC o‘rtasidagi qiymati 500 mln. АQSh dollariga teng doirvaiy bitim asosida amalga oshirilgan bo‘lib, shundan qiymati 15 mln АQSh dollariga teng mablag‘larni shariat tamoyillariga muvofiq Bank xususiy sektordagi mijozlarining o‘sib borayotgan talabini qondirish uchun savdoni moliyalashtirishga yo‘naltiradi.
"Ipak Yo‘li Banki bilan tuzilgan mazkur shartnoma O‘zbekiston xususiy sektorida shariatga muvofiq savdoni moliyalashtirishdan foydalanishni osonlashtirishga yo‘naltirilgan harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlaydi. Biz aʼzo mamlakatlarimiz va asosiy hamkorlarimiz savdoni kengaytirish orqali iqtisodiy oʻsishga intilayotganda ularning savdoni rivojlantirish muammolarini hal qilish uchun moʻljallangan kompleks savdo yechimlarini taklif qilishga sodiq qolamiz" - ta’kidblab o‘tdi ITFC direktori, janob Xani Salem Sonbol.
O‘z navbatida, Ipak Yo‘li Banki boshqaruvi raisi Saidabror Saydahmedov quyidagilarni taʼkidladi: "Biz ITFC bilan o‘zaro manfaatli hamkorligimizni yo‘lga qo‘ygan ilk shartnomamizni imzolashdan mamnunmiz. Mablag‘lar O‘zbekistondagi mikro, kichik va o‘rta biznes korxonalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi, bu esa mamlakatdagi bunday kichik va o‘rta biznes subyektlar o‘rtasida islomiy moliyaviy xizmatlardan xabardorlik darajasining ortishiga xizmat qilib keladi".
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi to‘g‘risida ma’lumot (ITFC)
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi (ITFC) Islom taraqqiyot banki (ITB) guruhining aʼzosi hisoblanadi. Korporatsiya Islom Hamkorlik Tashkilotiga (IHT) aʼzo mamlakatlar o‘rtasida savdoni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan bo‘lib, bu pirovarida butun dunyodagi xalqlarning ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlarini yaxshilash maqsadiga xizmat qiladi. O‘z faoliyatini 2008-yil yanvar oyidan boshlagan ITFC IHTga aʼzo mamlakatlarga 66 mlrd. АQSh dollari miqdorida moliyaviy ko‘mak ajratdi va bu uni mazkur aʼzo mamlakatlar ehtiyojlari uchun savdo yechimlari boʻyicha yetakchi yetkazib beruvchiga aylantirdi. IHTga a'zo mamlakatlarda va undan tashqarida savdoni rivojlantirish uchun katalizator bo‘lishni maqsad qilgan korporatsiya aʼzo mamlakatlardagi tadbirkorlik korxonalariga savdoni moliyashtirishda ko‘maklashadi va ularga savdo bilan bog‘liq salohiyatni oshirish uchun zarur vositalarni taqdim etib, jahon bozorida muvaffaqiyatli raqobatga kirishishda yordam beradi.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
