07 июня 2021 г.

"Ipak Yuli" bankida "Yoshlar kuni"

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-maydagi 01-07/1-953-sonli yig‘ilish bayoniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining o‘ttiz yilligi munosabati bilan “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi”ni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilib berildi.

Jumladan, yig‘ilish bayonining 10-bandiga muvofiq, Vazirlik, idora va tashkilotlar tizimida “Yilning eng faol yosh xodimi” ko‘rik-tanlovini tashkil etish va o‘tkazish hamda ko‘rik-tanlovning respublika bosqichi g‘oliblarini 30 iyun – “Yoshlar kuni” arafasida taqdirlash choralarini ko‘rish vazifasi yuklatilgan.

 Shu munosabat bilan, bankimiz tizimida faoliyat yuritayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan xodimlar o‘rtasida Zamonaviy bank tizimi: tahlil, tanqid va taraqqiyot istiqbollari sarlavxasi ostida esselar tanlovi o‘tkaziladi.

Mazkur ko‘rik-tanlov bosqichlari quyidagi tartibda tashkil etiladi:

- Hududiy bosqichlari - 4-14 iyun kunlari;

- Respublika (yakuniy) bosqichi – 15-19 iyun kunlari.

Fursatdan foydalanib, tanlovning barcha ishtirokchilariga omad, ilhom va yuqori natijalar tilaymiz!

Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner