24 июня 2021 г.
"Ipak Yuli" bankida kichik biznes uchun mikromoliyalash
Hurmatli mijozlar, sizlarga saytimizdagi Mikromoliyalashtirish loyihalariga oid yangi blokni taqdim etishdan mamnunmiz. Ma'lumki, «Ipak Yo‘li» banki kichik va mikromoliyalashtirish loyihalari bilan ishlash borasida ulkan tajribaga ega va kichik hamda mikromoliyalashtirish loyihalari bo‘yicha xalqaro moliya institutlari, jumladan Osiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlikda ish boshlagan O‘zbekistondagi ilk banklardan biri hisoblanadi.
Kichik biznesni rivojlantirish maqsadida Bank bir qator kredit mahsulotlarini tayyorlagan va ular bilan bizning saytimizda «Biznes uchun» bo‘limidagi «Мikromoliyalashtirish» blokida tanishish mumkin.
Mazkur bo‘limda biz taklif etilayotgan kredit mahsulotlari, kredit olish jarayonlari haqida axborot va loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshirishga biz tomonimizdan ko‘mak berilgan mijozlarimiz hikoyalarini imkon qadar kengroq yoritib berishga harakat qildik.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
