Ipak Yuli Bank va IT Park hamkorlik memorandumi imzoladi

27-Iyul, 2026

Ipak Yuli Bank va IT Park hamkorlik memorandumi imzoladi

24-iyul kuni Global Business Services Forum (GBSF) 2026 xalqaro forumi doirasida Ipak Yuli Bank va IT Park IT-kompaniyalar uchun bank xizmatlarini rivojlantirish, raqamli iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash hamda IT Park rezidentlari uchun yangi imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan hamkorlik memorandumini imzoladi.
 

Memorandum tomonlar hamkorligining asosiy yo‘nalishlarini belgilaydi. Jumladan, IT Park rezidentlari uchun qulay bank xizmatlarini yaratish, bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish jarayonlarini soddalashtirish, IT-kompaniyalar uchun maxsus moliyaviy yechimlarni ishlab chiqish hamda raqamli transformatsiya yo‘nalishida qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
 

Hamkorlik doirasida Ipak Yuli Bank IT Park rezidentlariga ustuvor bank xizmatlarini ko‘rsatish, shaxsiy menejer biriktirish, shuningdek hisob-kitob-kassa xizmati, valyuta nazorati, internet-banking, ekvayring, depozitlar va boshqa maxsus bank mahsulotlarini taklif etishni rejalashtirmoqda.
 

Shuningdek, tomonlar, qo‘shma ta’lim va marketing loyihalarini amalga oshirish, tajriba almashish, konferensiyalar, seminarlar hamda tadbirkorlik, moliyaviy texnologiyalar va O‘zbekiston innovatsion ekotizimini rivojlantirishga xizmat qiluvchi boshqa tadbirlarni tashkil etishni rejalashtirmoqda.
 

Mazkur memorandumning imzolanishi mamlakatning moliyaviy va texnologik sohalari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash hamda O‘zbekistonda IT-biznes rivoji uchun yanada qulay sharoitlar yaratish yo‘lidagi navbatdagi muhim qadam bo‘ldi.

Millionlab odamlar Ipak Yuli Mobile’ni tanlamoqda

Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda
banner