24 декабря 2021 г.
Ipak Yo‘li Mobile mobil ilova orqali «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalarini jo‘natish
Endi Ipak Yo‘li Mobile mobil ilovasida «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalarini jo‘natish mumkin.
O‘zbekistonda hali bunaqasi bo‘lmagan! Faqat «Ipak Yo‘li» banki va Ipak Yo'li Mobile mobil ilovasi yordamida siz «Zolotaya Korona» orqali nafaqat pul o‘tkazmalarini onlayn qabul qilishingiz, balki jo‘natishingiz ham mumkin.
Oila aʼzolaringiz va yaqinlaringizni istalgan valyutadagi yoqimli o‘tkazma bilan xursand qilish imkoniyati mavjud — pullarni so‘m va valyuta kartalari orqali yuboring. Xizmat identifikatsiyadan o‘tgan barcha foydalanuvchilar uchun mavjud va undan hatto tun yarmida ham foydalanish mumkin – pul o‘tkazmalari 24/7 rejimida qayta ishlanadi.
Pul jo‘natish jarayoni shunchalik soddaki, uni har kim uddalay oladi. Ipak Yo‘li Mobile ilovasida «O‘tkazmalar» bo‘limini, undan esa «Zolotaya korona» bandini toping. Qabul qiluvchi maʼlumotlarini kiritib, to‘gʼriligini tekshiring. Tayyor! Qisqa vaqt ichida adresatingiz uning nomiga pul kelgani haqida xabarni oladi.
«Ipak Yo‘li» banki bilan siz har doim qadrdonlaringizga gʼamxo‘rlik qila olasiz. Ipak Yoli Mobileda «Zolotaya Korona» pul o‘tkazmalarini tez, qulay, xavfsiz amalga oshiring va ularni istalgan paytda onlayn rejimida kuzatib boring!
Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha qisqa 1296 raqami orqali kunu-tun ishlaydigan Аloqa markazimizga murojaat qilishingiz mumkin.
Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
Foizsiz o‘tkazmalar, yuqori foizli depozitlar ochish, moliyaviy hisob-kitoblar — telefoningizda


Millionlab odamlar Ipak Yo‘li Mobile’ni tanlamoqda
